Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Vatan taraqqiyotiga qo’shgan mening hissam!

Navqiron avlodni mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, demokratik oʻzgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda bu jarayonlarga nisbatan daxldorlik hamda shukronalik tuyg’usini shakllantirish, yoshlarni ommaviy madaniyat ta'sirlaridan asrash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash kabi maqsadlarni koʻzda tutib, 2021-yil 10-dekabr kuni Matematika fakulteti “Geometriya va topologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tashabbusi bilan 12-sonli talabalar turar joyida kafedra kuni doirasida “Vatan taraqqiyotiga qo’shgan mening hissam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Fakultet dekan muovini M.Mamatqulov davra suhbatini ochib berib, soʻzni “Geometriya va topologiya” kafedrasi mudiri professor R.Beshimovga berdi. R.Beshimov talaba-yoshlarga Vatan taraqqiyotiga, uning rivojiga qanday ishlarni amalga oshirishlari bilan hissa qoʻsha olishliklari toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtdi. Avvalo buning uchun, yaxshi ta’lim olishlari, ta’lim olish davri mobaynida kasb-hunarni ham oʻzlashtirishlari aytib oʻtildi. Qiziqarli tarzda oʻtgan davra suhbatida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Qiziqarli va mazmunli o’tgan davra suhbati tashkil etilganligi uchun talabalar tashkilotchilarga hamda “Geometriya va topologiya” kafedrasi jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

O’zMU Axborot xizmati