Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Vazir o‘rinbosari akademiklar bilan uchrashdi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyat olib borayotgan akademiklar bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda akademiklar Shavkat Ayupov, Shavkat Alimov, Abdulla A’zamov, Azimboy Sa’dullayev, Djavvat Xadjiyev, Mirzayusuf Musaxonov, Komil Muqimov, Bakriddin Zaripov, Ravshan Sobirov, Jo‘raqul Sattorov, Talat Saatov hamda Laziza Gafurovalar qatnashishdi.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan O‘zMU rektori Inom Madjidov o‘z kirish so‘zida, ilm-fan sohasini rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda akademiklarning hissasi katta ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari akademiklar bilan suhbatlashib, ularning ilm-fan va oliy ta’lim sohasini rivojlantirish qaratilgan taklif va tashabbuslarini tingladi, uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan yechim berib, munosabat bildirdi.

O'zMU Axborot xizmati