Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Vertual uchrashuvda istiqbolli rejalar muhokamasi

2021 yil 26 aprel kuni Xitoy Fanlar Akademiyasining Sinszyan Ekologiya va Geografiya institut va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida vertual uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institutning bosh direktori professor Chjan Yuanmin (Zhang Yuanming) boshchiligida Xitoy Akademiyasi xodimlari hamda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, soha prorektorlari, biologiya fakulteti mutaxassislari ishtirok etdilar.

Ma’lumki, O‘zbekiston Milliy Universiteti Ilmiy Kengashining 2020 yil 19 iyundagi 10-sonli qarori bilan O‘zbekiston Milliy Universiteti va Xitoy Fanlar Akademiyasining Sinszyan Ekologiya va geografiya instituti o‘rtasida O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti qoshida “Qurg‘oq yerlar ekobiomlari” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida qo‘shma ilmiy tadqiqot laboratoriyasi xodimlari tomonidan 2021 yildan biologiya fayenlari doktori, professor Dilfuza Egamberdiyeva rahbarligida Uzb-Ind- 2021 – 93 -sonli “Stressli agro-ekotizimlardan sog‘lom oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun yangi biochar va rizobakteriyalarga asoslangan bioinokulyat” nomli O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ilmiy amaliy loyihasi bajarishi yo‘lga qo‘yildi.

Vertual uchrashuvda Chjan Yuanmin janoblari 2021 yilda “Qurg‘oq yerlar ekobiomlari” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma ilmiy tadqiqot laboratoriyasiga zamonaviy laboratoriya uskunalari taqdim etilishini bildirdi. Shuningdek, tomonlar hamkorlikda ilmiy loyihalar yozish, ilmiy stajirovkalar tashkil qilish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ikki tomonlama ilmiy rahbarlik masalalari borasida ham fikr almashdilar.

Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor

Raima Shirinova