Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro universitetlar bilan hamkorlikda “DISTANCE EDUCATION: INNOVATIONS, PEDAGOGICAL ASPECTS” mavzuida xalqarokonferentsiya boʼlib oʼtdi

2021 yil 12 may kuni Ukraina davlati, Kiyev Milliy aviatsiya universiteti, Shotlandiya universiteti, Latviya davlat universiteti, Tallin texnologiya universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Slovakiya davlat universiteti, Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda “DISTANCE EDUCATION: INNOVATIONS, PEDAGOGICAL ASPECTS” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Ushbu konferensiya moderatori sifatida Laxtionova Lyudmila Anatolevna qatnashdi. Shuningdek, konferensiyada Ukraina, Shotlandiya, Latviya, Turkiya, Azarbayjon, Xindiston, Slovakiya, Xorvatiya va shu kabi boshqa davlat olimlari ishtirok etdi. Konferensiya davomida barcha ishtirokchi olimlar pandemiya sharoitida masofaviy ta’limni tashkil etishdagi muammolar va ularni kelgusida bartaraf etish istiqbollari to‘g‘risida muhokamalar yuritdilar. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti professori, konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Nigina Shermuxamedova “Problems and Prospects of Distance Education in Uzbekistan” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida o‘zaro fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi, olimlar tomonidan qiziqarli va foydali ma’lumotlar berildi. Konferensiya yakunida pandemiya sharoitida masofaviy ta’limni tashkil etishdagi muammolar va ularni kelgusida bartaraf etish istiqbollari yuzasidan qator tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘zMU Axborot xizmati