
O‘zbekiston Milliy universitetida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, yoshlar bilan ishlovchi mas’ullar, profilaktika inspektorlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda “Qalqon” guruhi a’zolari ishtirok etdilar.


Uchrashuv davomida talabalar o‘rtasida bezorilik, tan jarohati yetkazish va mayda jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni huquqiy ongini oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlar orasida sodir etilayotgan janjallar, guruhbozlik va sovuq qurollardan foydalanish holatlari xavotirli ekanligi, bu holatlarning oldini olishda ta’lim muassasalari va huquq-tartibot organlari hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga intilish va sport bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish zarurligi aytib o‘tildi. Tadbir yakunida “Qalqon” guruhining yangi a’zolariga guvohnomalar topshirildi, mavzuga oid videorolik namoyish etildi hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


Profilaktik tadbir yoshlar ongida huquqiy savodxonlikni oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
Еndilikda faoliyati qayta takomillashtirilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi haqida ma’lumot berildi.
Mazkur guruh tarkibida faoliyat yurituvchi pedagog xodimlar ham tanishtirildi.


Ular yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etishadi.
Profilaktik ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.