Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xorijiy talabalar uchun mas’ullar bilan yig’ilish o’tkazildi



Bugun, 11-yanvar kuni xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova fakultet dekanlari hamda fakultetlarda belgilangan xorijiy talabalar uchun mas’ullar bilan yig’ilish o’tkazildi.

Mazkur yig’ilishda avvalo Oʻzbekiston Milliy universiteting 2025-yildagi reyting natijalarini yaxshilash va barcha fakultetlarda o’tkazilgan yig’ilishlar natijasi bo’yicha vazifalar sarhisob qilindi, hamda universitetda tahsil oladigan xorijiy talabalarning qishki taʼtildan qaytib kelishi, imtihonlarda qatnashishi hamda talabalar turar joyida va ijarada istiqomat qiluvchi talabalar bilan olib boriladigan ishlar bo’yicha fikrlar almashilindi.

Shu bilan birga, ushbu tizimni yanada yaxshilash boʻyicha fakultet dekanlari hamda masʼullar tomonidan bir qancha takliflar kiritildi.


Xalqaro aloqalar bo`limi