Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yer sharida har kuni millionlab odamlar plastik paketlardan foydalanishadi.

Ammo, siz bu paketlarning zarari haqida bilasizmi? Bugun sizlarga ular haqida muhim ma’lumotlarni aytib o‘tmoqchiman.

Biz har kuni ishlatadigan plastik paketlar 200 yilda parchalanadi va yo’q bo’lib ketmaydi. Ular suv manbalarimizni ifloslantiradi va dengiz hayvonlariga zarar yetkazadi. Ko’plab dengiz hayvonlari plastik paketlarni yutib oladi yoki ularga o’ralib qoladi. Bu nafaqat hayvonlarga, balki bizning bolalarimizga ham xavf tug’diradi.

Plastikning mayda bo’laklari – mikroplastikalar – tuproq va suv orqali oziq-ovqat zanjirimizga kirib, sog’lig’imizga zarar etkazishi mumkin. Plastik paketlarni kamroq ishlatib toza alternativalardan foydalanish vaqti keldi. Ha ha buni qanday qilamiz deysizmi?

Yuviladigan va ko’p marta foydalaniladigan mato yoki paxta sumkalar plastik paketlarga eng yaxshi alternativalardan biridir. Ular uzoq muddat xizmat qiladi va kam resurs sarfini talab etadi. Bu sumkalar tabiiy tolalardan tayyorlanib, ekologik jihatdan xavfsizdir. Ular mustahkam, ko’p marta ishlatiladi, zamonaviy va oson tashiladi. Kichik o‘lchamlari sababli cho‘ntakda yoki sumkada saqlash mumkin.

Kassa oldida sotuvchi sizga paket kerakmi deb so’rasa unga yo’q deya javob bering. Xarid qilgan maxsulotlaringizni o’zingiz bilan olib kelgan shopperlarga soling. Bu harakatlar plastik paketlardan foydalanishni kamaytirishga yordam beradi va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradi.