Joriy yilning noyabr oyida L.N.Gumelev nomidagi Yevroosiyo milliy universitetining Kriptologiya mutaxassisligi bo‘yicha 5 nafar magistratura talabalari akademik mobillik asosida ilmiy stajirovka o‘tash uchun O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakultetiga kelishdi.
Mazkur talabalar Axborot xavfsizligi kafedrasiga biriktirilib, universitetda tashkil etilgan Kiberxavfsizlik laboratoriyasida faoliyat olib borishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universitetida axborot xavfsizligi va kriptologiya sohalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishishdi.
2025-yilning birinchi yarmida universitetning axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha 10 nafar talabalarini akademik mobillik doirasida L.N.Gumelev nomidagi Yevroosiyo milliy universitetiga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O’zMU Axborot xizmati