Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘ZBЕKISTON MILLIY UNIVЕRSITЕTI 500 talik universitetlar qatoridan o‘rin egalladi

2020 yil 7-dekabr kuni Grin Metrik dunyo universitetlari reytingi ya’ni UI GreenMetric World University Ranking xalqaro reytingining natijalari e’lon qilindi. UI GreenMetric World University Ranking - Yashil unversitetlarning global reytingi bo‘lib, Indoneziya universiteti ((UI) tomonidan 2010 yilda tuzilgan. Reyting asoschilari ilmiy jamoatchilik e’tiborini ba’zi ekologik muammolarni hal qilish uchun atrof-muhitni barqaror rivojlantirish siyosati zarurligiga jalb qilishga intilganlar. Asosiy reyting mezonlari energiya iste’molini tejash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni saqlash va qayta ishlash, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, kampusdagi yashil hududlarning maydoni kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Reytingda ushbu sohada olib borilayotgan o‘quv va ilmiy faoliyat ko‘rsatkichlariga katta e’tibor beriladi.

O‘zbekiston Respublikasidan bu yil ushbu reytingga 2 ta universitet ya’ni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti va Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi instituti qatnashishdi. 2020 yilda UI GreenMetric World University Ranking xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 84 ta mamlakatdan 921 ta universitetlar orasidan O‘zbekiston Milliy Universiteti 353 o‘rinni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi instituti esa 621 o‘rinni egalladi. 2019 yilda respublikamiz oliy ta’lim muassasalaridan faqatgina Milliy universitet qatnashib 780 ta universitet orasidan 374-o‘ringa sazovor bo‘lgan edi. Bu yilgi reyting ko‘rsatkichi 2019 yilga nisbatan 21 ta pog‘ona yuqorida o‘rin egalladi. O‘zbekiston Milliy universitet turli xil xalqaro reytinglarda qatnashib kelmoqda.

Raima Shirinova

xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor