O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 – yil 14 – yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida» gi PQ – 4954 – sonli qarori bilan tasdiqlangan «Shaxmatni 2025 – yilgacha rivojlantirish davlat dasturining 2021 – yilda amalga oshirish bo’yicha «Yo’l xaritasi» da belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida pedagog xodimlar o’rtasida shaxmat bo’yicha «Eng yaxshi innovatsion o’quv metodik qo’llanma» tanlovi tashkil etildi .
Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, O’zbekiston Xalqaro shaxmat akademiyasi o’qituvchilari B.Xolmirzayev, A.Asralxodjayev, C.Nazarov, A.Razzoqovlar tomonidan ishlab chiqilgan «Shaxmat» nomli o’quv-metodik qo’llanmasi 1-o’rin, Urganch davlat universiteti o’qituvchisi D.Yaqubovaning «Shaxmatning boshlang’ich asoslari» nomli o’quv – metodik qo’llanmasi 2 – o’rin hamda Termiz davlat universiteti o’qituvchisi N.Norboyevning «Shaxmat nazariyasi va metodikasi» nomli o’quv – metodik qo’llanmasi 3 – o’rin g’olibi deb topildi.