Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Axborot xizmati

Ilhom Xudoynazarov O‘tkir o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Matbuot xizmati rahbari — matbuot kotibi, rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

Ilhom Xudoynazarov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

U bunga qadar musiqiy industriya va gender, til va madaniyat, media etika mavzularida ilmiy izlanishlar olib borishi bilan birga, O‘zbekiston yoshlarining brend nashri “Yosh kuch” jurnalida muharrir, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi muassisligidagi "Renessans" telekanalida mualliflik ko‘rsatuvlari tahririyati muharriri, “Oriat-Dono” radiosida interaktiv dasturlar muallifi va boshlovchisi hamda “Toshkent” telekanalining tahliliy tok-shoulari doimiy eksperti sifatida faoliyat olib borgan.

Matbuot kotibi vazifalari:

  • Axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi  bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida ma’lumotlarni tarqatish;
  • Muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida universitet rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish;
  • Axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida universitet faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • Universitetning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida universitet rahbariyatiga axborot berib borish;
  • Universitet faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;
  • Universitetning vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borish.

100174, Toshkent shahar, Olmazor tumami, Universitet 4 ko’chasi

Qabul vaqti: Dushanba - Juma, 14:00 – 17:00

Tel: +998 93 575 00 12