Doktorantura
UNIVERSITETNING OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN KERAKLI HUJJATLAR RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga ko‘ra kimyo fani bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati O‘zbekiston milliy universitetiga, biologiya fani bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati esa O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo institutiga taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-son qaroriga O‘zbekiston Milliy universitetiga fizika fani bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati O‘zbekiston milliy universitetiga taqdim etildi.
Universitet oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida 97 ta ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi: