Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan aksiyada universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet talabalari, ishchi-xodimlar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Aksiya doirasida fakultetlar kesimida bo‘sh turgan yashil zonalarga 1700 ta daraxt ko‘chatlari, shundan 700 ta mevali, 1000 ta manzarali (800 ta kashtan, 200 ta archa) daraxt ko‘chatlari ekildi.