Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Аrcharya instituti (Hindiston) delegatsiyasi OʼzMUga tashrif buyurdi

Joriy yilning 2 avgust kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Hindistonning Аrcharya instituti direktori Visheish Chandrashekar boshchiligidagi delegatsiyasini kutib oldi.
Uchrashuv davomida Аrcharьya instituti va Oʼzbekiston Milliy universiteti professor-oʼqituvchilari va talabalari oʼrtasida biznes inkubator va startap loyihalarini yoʼlga qoʼyish, talabalarning qisqa muddatli amaliyotlarni tashkil qilish, professor-oʼqituvchilarni oʼquv jarayoniga jalb qilish borasida takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv mobaynida Bioinjeneriya va Iqtisodiyot sohalarida hamkorlik qilish masalalari ham koʼrib chiqildi. Shuningdek, ikki oliy taʼlim muassasasining xalqaro aloqalar boʼlimi hamkorlik yoʼnalishlarini yanada batafsilroq koʼrib chiqishga kelishib olishdi.

OʼzMU Аxborot xizmati