Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Moskvadagi “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi

 

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Moskvadagi “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti rektori Nikita Anisimovni qabul qildi.

Uchrashuvda bir necha yo‘nalishlar, jumladan, iqtisodiyot, kreativ iqtisodiyot, media va jurnalistika, axborot texnologiyalari, suniy intellekt va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokara olib borildi.

 

Tomonlar ikki universitet manfaatlari uchun xizmat qiladigan barcha loyiha, dastur va tashabbuslar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi.

Ma’lumot o‘rnida, OIM MTU 1992-yilda asos solingan Rossiya Federatsiyasining yetakchi va eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan universitetlaridan biridir. Universitet ilg‘or ta’lim, fan va innovatsiyalar markazi sifatida davlat hamda xalqaro ilmiy-ta’lim dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etadi. OIM o‘zining yuqori akademik standartlari, xalqaro hamkorlikka yo‘naltirilganligi va ta’limda fanlararo yondashuvni qo‘llashi bilan tanilgan. Dunyo reytinglarida (QS Ranking – 410-o‘rin, US News Ranking – 584-o‘rin) ham o‘z o‘rniga ega.

O‘zMU Axborot xizmati