O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Olmazor tumanida joylashgan “Universitet” hamda “Mirzo Gʻolib” mahallalarida istiqomat qiladigan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.
Uchrashuv chog‘ida universitet rahbari talaba-qizlarga kitob sovg‘a qilishi haqida va’da qilgan edi.
Birinchi prorektor boshchiligidagi universitet mas’ullari kuni kecha ijara xonadonlariga borib, rektorning ilmiy-ommabop, badiiy-didaktik turdagi kitoblar jamlanmasi talaba-qizlarga sovg‘a qilishdi.