Matematika sohasida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ilm-fanga yoshlarni jalb qilish maqsadida taniqli olimlarning tajribasi, ilm-fanda erishgan yutuqlarini yosh o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar va iqtidorli talabalarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan bugun Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti, O‘zbekiston matematika jamiyati hamda O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda yosh matematiklar,talabalar, magistrant va doktorantlar uchun akademik T.A.Sarim-soqov tavalludining 110 yilligi oldidan “Т.А.Sarimsoqovning O‘zbekistonda matematikaning rivojida tutgan o‘rni va ilmiy merosi haqida” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda akademik T.A.Sarimsoqovning shogirdlari akademik Sh.A.Ayupov, professorR.N.G’anixo‘jayev ustozning Respublikamizda fanning rivojlanishidagi ulkan xizmatlari haqida anjuman qatnashchilariga batafsil ma’lumot berdilar.
akademiklar A.Azamov, Sh.Farmonovlar ustoz haqidagi o‘z xotiralarini anjuman qatnashchilariga so‘zlab berdilar.
Ushbu tadbirda ham off-line ham zoom platformasi orqali on-line shaklda bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlaridan 500dan ortiq kishi ishtirok etdi.