Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Kartografiya kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro konferensiya tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetida Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Kartografiya kafedrasi tashabbusi bilan konferensiya tashkil etildi.

“Geografik tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion kartografiya, masofadan zondlash metodlari va texnologiyalarining roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada bir necha xorijiy OTM muassasalari (Rossiya, Belarussiya, Germaniya, Finlandiya, Avstriya, Qozog'iston, Qirg'iziston va boshqa.) professor-o'qituvchilari hamda hamkor ishlab chiqarish davlat tashkilotlari rahbarlari va respublika OTM professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida, konferensiya 26-aprelga qadar davom etib, yakunda Xalqaro ta’lim korporatsiyasi (Olmota, Qozog‘iston Respublikasi) va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda. 

O‘zMU Axborot xizmati