Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

2020-2021 O‘QUV YILIDA IJTIMOIY FANLAR FAKULTЕTINING 1-KURSIGA KIRGAN TALABALAR BILAN “TANISHUV DARSLARI” TASHKIL ETILDI

Bugun 2020 yil 12 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida mavjud ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan, Toshkent shaxri, Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan yoshlarni tantanali ravishda kutib olish tadbiri tashkil etildi.

Yoshlarni tadbir jarayoniga kiritish, karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda, mahsus antiseptik vositalari bilan dezinfeksiya qilinib, ijtimoiy masofa saqlanishi va tibbiy niqob taqish zarurligi ta’kidlangan holda amalga oshirildi.

Tadbir ikki smenada kunning birinchi yarmi va ikkinchi yarmida tashkil etildi.

1-smenada mavjud ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi bo‘limlaridan 350 ga yaqin, 2-smenada esa kechki va sirtqi bo‘limlaridan 200 ga yaqin talabalikka tavsiya etilgan yoshlar qabul qilindi. Tadbirda talabalar Ijtimoiy ish, Sotsiologiya, Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim, Amaliy psixologiya, Oila psixologiyasi, Yoshlar psixologiyasi, Falsafa ta’lim yo‘nalishlari o‘zbek va rus guruhlarga ajratilgan holda amalga oshirildi. Kirish qismida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud kafedralar va kafedra mudirlarini birma-bir tanishtirib o‘tilib, talabalikka tavsiya etilganlarni muborakbod etildi.

Talabalar barcha yo‘nalishlar uchun ajratilgan, mahsus bezatilgan honalarga, biriktirilgan xodimlar bilan birgalikda kuzatib qo‘yildi. Talabalar uchun 2 juftlik tanishtiruv darslari malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etildi. Dars jarayonlarida fakultet tarixi, bosib o‘tgan yo‘llari va faxrli akademik, professor-o‘qituvchilar to‘g‘risida hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkil etiladigan dars jarayonlari bilan bog‘liq ma’lumotlar berildi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbirda nafaqat talabalikka tavsiya etilgan yoshlar balki ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Ota-onalar uchun fakultet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiyada ota-ona onalar talabalar uchun fakultetda mavjud imkoniyatlar, amalga oshirilishi kutilayotgan innovatsion g‘oyalar va barcha o‘quv xonalari bilan birma-bir tanishib chiqdilar va o‘zlarining iliq fikirlarini bildirib o‘tishdi. Tadbir jarayoni a’lo darajada tashkil etildi.

Tadbir jarayonidan lavhalar fotosurat shaklida ilova qilinadi.