Maxsus uchrashuvlar chog’ida mahalliy universitetlar va milliy hokimiyat organlari, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda o’tkazilgan tahlil AKT sohasida yangi oliy ta’lim o’quv dasturlarini ishlab chiqish zarurligini aniqladi.
O‘zbekistonda optik aloqa sohasida malakali muhandislik xodimlariga talab juda yuqori.
Kadrlar yetishmasligi, Respublika hududlarida telekommunikatsiya xizmatlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi va aholining kundalik hayotida AKT imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmaslik ushbu sohaning rivojiga to‘sqinlik qilmoqda.
INMACOM fotonika va optik aloqa sohasida Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqilgan eng yangi bilim va ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonga yetkazishga intiladi.
Qisqartma: EUPOM133
Holati: Faol
Kuchga kirgan: boshlanish/tugash sanasi 15/01/23 → 14/01/26
XALQARO ALOQALAR BO`LIMI