Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 1938 yilda Toshkent Davlat universitetida “Tuban o’simliklar” kafedrasi sifatida akademik I.A.Raykova tomonidan tashkil qilingan. 1940 yildan boshlab kafedraga prof. P.Golovin pahbarlik qilgan va Mikologiya yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlangan.
1956 yilda dotsent O.G.Yolkina kafedrada Mikrobiologiya yo’nalishini ochdi va shu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlangan: K.Yu.Musayev, F.G.Axmedova, Ya.F.Nizametdinova, M.L.Mansurova, A.M.Muzafarov, E.V.Kondratyeva, Sh.Tojiboyev, K.I.Ibodov.
1990 yildan boshlab Mikrobiologiya kafedrasini prof. A.X.Vaxabov boshgargan. 1989 yilda prof. M.M.Raximov Biotexnologiya kafedrasini tashkil qildi va shu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 2005 yilda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedralari birlashtirildi va kafedra mudiri prof. M.M.Raximov tayinlandi.
Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 70 yil ichida birgina O’zbekiston uchun emas, balki Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Qozog’iston, qolaversa Rossiya federatsiyasi, uzoq xorij mamlakatlaridan Xitoy, Norvegiya, Koreya, Misr, Iroq, Kuba, Germaniya, AQSh mamlakatlari uchun ham Mikrobiologiya va biotexnologiya mutaxassisligi bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelgan. Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari malaka oshirish maqsadida bir qancha xorij mamlakatlarning nufuzli universitetlariga yuborilmoqda.
O’zbekiston va xorijda Mikrobiologiya va biotexnologiya sohasini rivojlantiradigan yirik olimlar, fan doktorlari, professor, akademiklar Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasining sobiq talabalari hisoblanadi. “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasi bitiruvchilari orasida davlat va jamoat arboblari, Oliy Majlis deputati, mamlakatimiz ilmiy muassasalar rahbarlari, etuk olimlar bor. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov va uning o‘rinbosari Sh.U. Turdiqulova, Toshkent shahridagi Ajou universiteti rektori G.A. Muratovlar ham kafedra bitiruvchilari hisoblanadi. Bundan tashqari, kafedra bitiruvchilari hozirgi kunda AQShning Kaliforniya va Nyu-York universitetlarida, Rossiya agrar universitetida va Qozog‘iston Respublikasining Pedagogika institutlarida faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada Tuban o’simliklar, Mikrobiologiya va virusologiya, Biotexnologiya va Tibbiyot mikrobiologiyasi kabi umumiy fanlar bakalavr talabalariga o’qitiladi.
Kafedrada Mikrobiologiya va virusologiya hamda Biotexnologiya mutaxassisliklari bo’yicha magistratura mavjud.
Mikrobiologiya va virusologiya mutaxassisligi bo’yicha magistrantlarga Molekulyar mikrobiologiya, Sanoat mikrobiologiyasi, Viruslar molekulyar biologiyasi, Zamburug’lar biologiyasi, Mikroorganizmlar sistematikasi va sitologiyasi, Tuproq mikrobiologiyasi, Amaliy miklogiya va O’simliklar virusli kasalliklari fanlari o’qitiladi.
Biotexnologiya mutaxassisligi bo’yicha magistrantlarga Molekulyar biotexnologiya, Amaliy enzimologiyai, Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi, Biologik spesifik asoslari, Biotexnologiya va ekologiya muammolari, Immunobiotexnologiya, Nanobiotexnologiya, Affin xromatografiyasi fanlari o’qitiladi.
Bugingi kunda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli Mikrobiologiya instituti, Biokimyo va biofizika instituti, O’simlik moddalar kimyosi institute, Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda, Vaxabov Abdurasul Xakimovich va Mirzaatxam Mirzaxakimovich Raximovlarni yaratgan ilmiy maktablarining iqtidorli tadqiqotchi olimlari O‘zbekiston mikrobiologiya, virusologiya va biotexnologiya olimlariga yetakchilik qilib kelayaptilar hamda o‘z bilim va tajribalarini shogirdlariga uzatib kelmoqdalar.
2021 yildan Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasiga Biologiya fanlari doktori, prof. Normurodova Qunduz Tog’ayevna rahbarlik qilmoqda. 2019 yil Q.T.Normurodova prof. G’.A.Muratov rahbarligida “Kraxmal tutuvchi xom-ashyolardan etanol olish biotexnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi Biologiya fanlari doktori (DSc.) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Q.T.Normurodovaning ilmiy izlanishlari natijasi o‘laroq 75 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan respublikaning nufuzli jurnallarida 45 ta ilmiy maqola chop etilgan, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida 30 dan ortiq tezis va maqolalar chop etilgan.
Mikrobiologiya va biotexnologiya
Kafedra mudiri
KADIROVA ZUXRA ABRAROVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Normurodova Qunduz Tog’ayevna | Biologiya fanlari doktori, dotsent | Kraxmal tutuvchi xom-ashyolardan etanol olish biotexnologiyasini takomillashtirish |
2 | Vaxabov Abdurasul Xakimovich | Biologiya fanlari doktori, professor | O’zbekiston ekologik sharoitida eng ko’p tarqalgan fitoviruslar xarakteristikasi |
3 | Tashmuxamedova Shoxista Sobirovna | Biologiya fanlari doktori, professor | Zamonaviy usullar yordamida bakterial va virusli antigenlarni identifikasiyalash |
4 | Shurigin Vyacheslav Vladimirovich | Biologiya fanlari doktori, dotsent | Noxatlarning o‘sishi va rivojlanishini stimulyasiyalovchi rizosfera mikroorganizmlarini roli va uning tuzli sharoitda ildiz kasalliklarini biologik nazorat qilish |
5 | Kadirova Zuhra Axrorovna | Biologiya bo’yicha falsafa fanlari doktori | Mikroklonlash usuli yordamida virussiz Physalis alkekengi dorivor o’simligini yaratish va biologik faol moddalarni olish |
Xalqaro hamkorlik
Uzbek Content