📣 E’LON!

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi” respublika tanlovi boshlandi.
📍Tanlovda (bakalavr, kunduzgi) 2-, 3- va 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Oldingi yillarda Respublika bosqichida 1, 2 yoki 3-o‘rinni egallagan talabalar 3 yil davomida qayta qatnasha olmaydi.
📅 Tanlov bosqichlari:
1️⃣Fakultet bosqichi;
2️⃣Universitet bosqichi (noyabr oyida);
3️⃣Respublika bosqichi (dekabr oyida).
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
✅Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
✅Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
✅Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
✅Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅Yilning eng faol tadbirkor talabasi (faqat xotin-qizlar uchun).
G‘oliblar moddiy rag‘batlantiriladi:
🥇1-o‘rin — BHMning 8 barobari;
🥈2-o‘rin — BHMning 6 barobari;
🥉3-o‘rin — BHMning 4 barobari.
➖Tanlovning fakultet bosqichi 1-noyabr, universitet bosqichi 10-noyabrga qadar o’tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.