Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.01.11 – raqamli Ilmiy kengash

2025-yil 19-dekabr kuni soat 14.00 da O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.01.11 – raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Murtazayev Isabek Bazarbayevichning “Hududlar o‘rtasida iqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash mexanizmini takomillashtirish (Zarafshon mintaqasi misolida)” mavzusidagi 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Mirzayeva Azizaxon Sherzodovnaning ” ”O‘rtacha daromad tuzog‘i”dan chiqishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.