Akademik mobillik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabdagi 578-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Asosiy qoidalar
- Muddati: OTMlararo kelishuvga asosan kamida bir semestr yoki ko‘pi bilan ikki semestr.
- Asos: OTMlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’lim kelishuvi va rektor buyrug‘i.
- Saralash: Talabalarning qobiliyati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA) va OTMning moddiy-texnik imkoniyatlari inobatga olinadi.
Kreditlarni tan olish va moliyalashtirish
Talaba mobillik davrida fanlarni o‘zlashtira olmasa, yuboruvchi OTM rektori ruxsati bilan ushbu fanlarni o‘z universitetida pulli asosda o‘zlashtirishi mumkin. Kontrakt va stipendiya to‘lovlari universitetlararo imzolangan shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ariza topshirish uchun talab etiladigan ma’lumotlar
Talaba kuzgi va bahorgi semestr oxirida elektron tarzda rektor nomiga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
| T/r | Talab qilinadigan ma’lumotlar |
|---|---|
| 1 | Talabaning F.I.O., fakulteti va guruhi |
| 2 | Safardan maqsad va boriladigan joy |
| 3 | Safarga borish muddati |
| 4 | Xarajatlarni moliyalashtirish manbalari |