Baku State University & Atyrau University of Oil and Gas & D. Serikbayev East Kazakhstan Technical University

Baku State University & Atyrau University of Oil and Gas & D. Serikbayev East Kazakhstan Technical University

Qozogʻiston Qozogʻiston • Ostona, Qozogʻiston

Hamkorlik haqida

Koreya Respublikasining Kyungpook universiteti vakili O’zMUda

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 27-28-mart kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi oʻtkazildi  va  forum doirasi bir qator memorandumlar imzolandi.  2023 yil 29-mart sanasida   Koreya Respublikasining Kyungpook universiteti vakili, Strategiya va moliya fakulteti dekani Gang Heong Lee O‘zbekiston milliy universiteti bilan imzolangan memorandumni amalga tadbiq qilish yo’nalishlarini belgilab olish maqsadida universitetimizga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʼzlangan asosiy maqsad hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, umumiy ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, talabalar akademik mobilligi bo‘yicha kelishuvlar olib borish, ilmiy faoliyat yuzasidan bildirilgan tashabbuslarni  qoʼllab-quvvatlashdan iborat.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Shirinova Raima Hakimovna  so‘nggi yillarda Koreya Respublikasi universitetlari bilan hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘yilganligi, buning yorqin dalili o‘laroq kuni kecha Toshkentda keng miqyosda tashkil etilgan O‘zbekiston-Koreya ta’limi forumida amalga oshirilgan hamkorlik qadamlarini alohida e’tirof etib o‘tdi. Shuningdek, har yili O‘zbekiston Milliy universitetda xorijlik talabalar uchun tashkil etiladigan yozgi maktabda Kyungpook universiteti talabalari ham ishtirok etishidan mamnun bo‘lishini alohida ta’kidladi va ularga yaratib beriladigan  imkoniyatlar to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida ikki universitet o‘rtasida istiqbolli hamkorlik maqsadi ko‘zlangan  strategik rejalar belgilab olindi.

Hamkor haqida ma’lumot

  • Mamlakat Qozogʻiston
  • Hamkor turi Oliy ta’lim muassasasi
  • Hamkorlik doirasi Xalqaro hamkorlik
  • Hujjat turi Memorandum
  • Imzolangan yili 2025
  • Manzil Ostona, Qozogʻiston
Rasmiy veb-saytiga o‘tish

Xaritadagi joylashuvi

Ostona, Qozogʻiston