Para Osiyo o‘yinlari — 2026

Joriy yil 18-24-oktabr kunlari Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 2-bosqich magistranti Shohrux Mamedov J1 klassida 81 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Ushbu yutuq bilan Shohrux Mamedovni samimiy tabriklaymiz va unga kelgusi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz!
Eslatib o‘tamiz, V Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar para atlet bilan ishtirok etdi. Osiyoning 45 ta davlatidan 2 ming 600 nafardan ortiq sportchi qatnashgan musobaqalarda 18 ta sport turi bo‘yicha 490 ta medal jamlanmasi uchun bahslar olib borildi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi musobaqalarni 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza, jami 145 ta medal bilan yakunladi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallab, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu natija bilan Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda islom davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.