М.Т.Мirakmalov – Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998933757902
e-mail: mir1970ali@mail.ru
- Tabiiy geografiya kafedrasi tarixi va asosiy faoliyati
Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti geografiya va tabiiy resurslar fakulteti tabiiy geografiya kafedrasiga 1920-yilda asos solingan, shu yili Oʼrta Osiyo davlat universitetning harbiy fakultetida Turkiston geografiyasi kafedrasi tashkil etilgan.
1940-yildan boshlab mustaqil ravishda tabiiy geografiya (kafedra mudiri N.L.Korjenevskiy) kafedrasi faoliyat koʼrsata boshladi. Oʼsha davrlarda tabiiy geografiya kafedrasi aʼzolari Oʼrta Osiyoning ayrim rayonlarini tabiiy geografik tavsiflash, geomorfologik tadqiqotlar olib borishgan.
1943-yili kafedra a’zosi – birinchi o‘zbek geografi N.D. Dolimov “Nurota tog‘larining kompleks tabiiy geografik xarakteristikasi” mavzuyida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. N.D.Dolimovning geografiya fanini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdagi xizmatlari katta. Ushbu xizmatlar uchun 1970-yili N.D.Dolimovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni berildi.
1940-yillarning o‘rtalarida kafedraga taniqli olimlar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, geomorfolog Yu.A.Skvorsov, iqlimshunos L.N.Babushkinlarning ishga o‘tishi va chuqur ilmiy izlanishlar olib borishi, “To‘rtlamchi davr geologiyasi va geomorfologiyasi” ilmiy maktabining yaratilishiga asos bo‘ldi. 1950-1960 yillari kafedra a’zosi H.H.Hasanov geografiya tarixi, toponimika va terminologiya, O‘rta Osiyolik sayyohatchilarning geografik merosini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib bordi.
1960-yillardan boshlab, O‘rta Osiyo tabiatini geografik o‘rganish tarixi bilan R.U.Rahimbekov shug‘ullana boshladi. 1970 yili uning shu mavzuga oid yirik monografiyasi bosilib chiqdi. Shuningdek, R.U.Rahimbekov Kashkarov-Korovinning O‘rta Osiyo ekologiya-geografiya ilmiy maktabini asoslab berdi.
Fakultet 1970-yillarga qadar kompleks tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari bilan L.N.Babushkin va N.A.Kogay, geomorfologiya va to‘rtlamchi davr geologiyasiga oid tadqiqotlar bilan Yu.A.Skvorsov va O.Yu.Poslavskayalar shug‘ullanishgan.
Kafedra olimlari N.D.Dolimov, H.H.Hasanov, P.N.G‘ulomov va R.U.Rahimbekovlarni ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlarini rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan mohir tarjimon sifatida yaxshi bilishgan.
1990-yillarning boshiga qadar kafedrada ilgaridan rivojlanib kelgan asosiy ilmiy yo‘nalishlar bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilishning geografik asoslari, geografiya tarixi va metodlogiyasi, paleogeografiya, shuningdek, Orol dengizi muammolari (A.A.Rafiqov) bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Kafedra a’zolari fakultetda O‘zbekiston Geografiya jamiyati bilan hamkorlikda qator xalqaro va respublika miqyosidagi bir qancha ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etishdi.
Keyingi yillarda kafedrada qator mablag‘ bilan ta’minlangan fundamental, amaliy, innovasion loyihalar bajarildi. Bu ilmiy mavzularga professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda yosh o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ham jalb etilgan. Kafedrada ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarga alohida e’tibor berilmoqda.
Kafedrada keyingi – Mustaqillik yillarida tabiiy geograflarning o‘rta avlod vakillari Sh.S.Zokirov, P.N.G‘ulomov, M.Mamatqulov va boshqalarning yangi ilmiy asarlari nashr etildi.
Dosent P.N.G‘ulomov mustaqillik yillarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy tahlil etish, tabiatdan foydalanishning geografik asoslarini yaratish, tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, inson xo‘jalik faoliyatini tabiat qonuniyatlari asosida tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarini davom ettirgan holda, geografiya tarixi, toponimika va geografik atamashunoslik yo‘nalishida, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishda ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi.
P.N.G‘ulomovning samarali mehnatlari munosib topilib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
M.Mamatqulov chuqur ilmiy tadqiqotlarni, sharafli pedagogik faoliyatni olib borish bilan birga, geografiya fanidan umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 3 ta darslik, geografiya yo‘nalishi talabalari uchun 4 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya muallifidir.
Qizilqum, Qoraqum cho‘llari, Chirchiq-Ohangaron vodiysi, Turkiston tog‘larida o‘tkazilgan uzoq yillik ilmiy ekspedisiyalarda samarali mehnat qilgan, o‘ziga xos ilmiy natijalarga erishgan Asamutdin Zaynutdinov (1940-2015) universitet tabiiy geograflari safiga mustaqillik yillarida kelib qo‘shildi. U mustaqillikning ilk yillarida Chorbog‘ suv ombori janubidagi bir necha dam olish manzilgohlari, Hojimushkent suv ombori to‘g‘on atrofi, Beldorsoydagi dam olish, chang‘i uchish, pansionatlar o‘rni, Qashqadaryodagi Tallimarjon IES o‘rnini geologik-geomorfologik jihatdan o‘rganib, asoslab berishda faol qatnashdi.
Geografiya fanlari nomzodi, dosent I.A.Hasanov (1940) universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida tabiiy geografik tadqiqot va ekspedisiyalarning faol ishtirokchisi sifatida tanilgan. Uning asosiy ilmiy ijodi tabiiy geografiya, tabiiy komplekslarni maqsadli baholash, meliorativ va rekreasion geografiya yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.
O‘ktam Qobiljonovich Abdunazarov (1942) O‘rta Osiyo hududida keng tarqalgan, juda muhim paleogeografik, stratigrafiya va muhandislik geologiyasi nuqtai-nazaridan ahamiyatga ega bo‘lgan qadimgi tuproq qatlamlarini birinchi bor har tomonlama tizimli o‘rgandi. U ustozi prof. I.N.Stepanov bilan birgalikda O‘rta Osiyoda tarqalgan lyossimon tog‘ jinslarining tarkibidagi ko‘milib ketgan qadimgi tuproqlarning paleogeografik va stratigrafik ahamiyatini ilmiy asoslab berdi. Sibir daryolari suvining bir qismini Orol havzasiga keltirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ham faol ishtirok etdi. Uning muallifligi va hammuallifligida O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiatini tahlil etuvchi 20 dan ortiq o‘rta masshtabli xaritalar yaratildi.
Ilmiy tadqiqot va izlanishlari ildizi ХХ asrning 70 yilariga borib taqalsada, asosiy ilmiy ijodi mustaqillik yillarida keng quloch yozgan olim, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Abdurasul Alimovich Sagatov (1943-2005)ning ishlari alohida ahamiyatga ega. U 1993 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geografiya fanlari doktori, professor N.A.Kogay rahbarligida “Анализ физико-географических условий Узбекистана для целей градостроительства” mavzuida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. Dosent A.A.Sagatov mashaqqatli pedagogik faoliyatni olib borish bilan birga, O‘zbekiston hududini shaharsozlik maqsadida tabiiy geografik rayonlashtirish, relyefni turli inshootlar qurilishi nuqtai nazaridan baholash, tabiiy geografik tadqiqot metodlarini tasniflash masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarni olib bordi.
Milliy mustaqillikning ilk yillaridanoq tabiiy geograflar tarkibiga yosh mutaxassislar jalb etildi. Ular tarkibi yangi avlod, ya’ni mustaqillik davri professor-o‘qituvchilari N.I.Sabitova, Z.S.Saidkarimova, R.Yusupov, M.T.Mirakmalov, keyinchalik Sh.M.Sharipov, H.B.Nikadambaeva, N.T.Shamuratova, B.Yu.Egamov, R.A.Ibragimovalar bilan yangilandi. Ular universitetda pedagogik faoliyatni olib borish bilan birga, o‘z ustozlari kabi tabiiy geografiyaning turli yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni muvvafaqiyatli davom ettirmoqda.
Geografiya fanlari doktori, professor Naila Ismailovna Sabitova (1954) ijodining katta qismi atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproqlar unumdorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tabiiy komplekslarining meliorativ holatini o‘rganish, suv resurslaridan foydalanish hamda ekologiya masalalarining echimiga yo‘naltirilgan bilan ajralib turadi. U ayni paytda, pedagogik faoliyatni muvofaqqiyatli olib borish bildan birga, bir qator ilmiy ishlanmalar, shuningdek fundamental va amaliy loyihalarda faol qatnashib kelmoqda.
Tabiiy geograflarning yangi avlod, ya’ni milliy mustaqillik davri tadqiqotchi, professor-o‘qituvchilari endi tavsifiy yoki tasviriy geografik tadqiqotlar emas, balki alohida geotizim, tabiiy geografik komplekslar va kichik hududlar doirasida, tabiiy geografiyaning yangi yo‘nalishlari, tor va quyi tarmoqlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun manfaatli jihatlari bo‘yicha o‘z tadqiqotlarini olib bormoqda.
M.T.Mirakmalov tabiiy geografik terminologiya, toponimika va geografik lingvistika, Z.S.Saidkarimova foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida landshaftlar o‘zgarishini baholash va bashorat qilish, R.Yusupov tabiiy geografik komplekslarning rivojlanishida ekzogen jarayonlarning roli, Sh.M.Sharipov geoekologiya, landshaftlar xilma-xilligini saqlash, N.T.Shamuratova turizm, ekoturizmning tabiiy geografik jihatlari, R.A.Ibragimova tabiiy geografik rayonlashtirish, B.Yu.Egamov tabiiy geografik g‘oyalar tarixi, geomorfologiya, geografiya ta’limi metodikasi, muammo va masalalariga bag‘ishlangan o‘z tadqiqotlarini olib bormoqda.
2019 yili kafedraga geografiya fanlari doktori A.K.Urazbaev jalb qilindi. A.K.O‘razboev o‘zining ilmiy faoliyati davomida tizimli yondashuvga asoslangan holda, relyef plastikasi usulini qo‘llash asosida, Amudaryoning hozirgi deltasidagi sug‘oriladigan hududlarning meliorativ holatini baholash bilan shug‘ullandi. Hozirgi kunda A.K.O‘razboev rahbarligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ham tizimli usul va relyef plastikasi ta’limotiga bag‘ishlangan bo‘lib, shogirdlari – yosh olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
O‘tgan yuz yillik davr mobaynida universitetda faoliyat olib borgan tabiiy geograflarning 5 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 1 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Hozirgi kunda kafedra a’zolari tabiiy geografiya va uning tarmoqlariga oid fanlardan talabalarga nazariy bilim berishdan tashqari,umumiy tabiiy geografik o‘quv-dala, kompleks, ishlab chiqarish va pedagigok amaliyotlariga rahbarlik qilishadi.
Kafedra a’zolari:
- Inson va tabiat munosabatlarining geografik asoslari;
- O‘zbekiston landshaftlarini tadqiq etish, ularni xaritalashtirish va tabiiy geografik rayonlashtirish;
- O‘zbekiston hududining geoekologik vaziyatini tadqiq etish;
- Neotektonik harakatlarni tabiat komplekslariga ta’sirini o‘rganish;
- Toponimika va geografik terminshunoslik;
- Umumiy va o‘rta ta’lim, oliy o‘quv yurtlari, akademik liseylar hamda kollejlar uchun o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, dasturlar va metodik ishlanmalar yaratish kabi ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda.
Kafedrada H.H.Hasanov nomidagi “Globus” o‘quv-metodika xonasi mavjud. O‘quv-metodika xonasida ulkan relyefli-landshaftli globus o‘rnatilgan. Uning og‘irligi 490 kg., gorizontal masshtabi 1 sm da 70 km, vertikal masshtabi 1 sm da 2 km. Globus xonasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi bilan birga turli uchrashuvlar, suhbatlar uyushtiriladi.
H.H.Hasanov nomidagi “Globus” o‘quv-metodika хоnasiga o‘rnatilgan ulkan noyob globus
Keyingi yillarda kafedra a’zolari quyidagi mablag‘ bilan ta’minlangan mavzularda ish olib borishdi:
1) OT-F6-062 – Orol havzasida kechayotgan gidrologik va tabiiy geografik jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini tadqiq etish;
2) OT-F6-063- Evolyusiya geologicheskoy istorii razvitiya chetverttichnogo perioda Uzbekistana;
3) 5-013 «Выявление стратиграфических критериев погребенных почв лессовых плейстоценовых отложений орогенной зоны Узбекистана для геолого-съемочных работ»;
4) 8-2 sonli “O‘zbekiston ekoturistik rayonlari va marshrutlari kartasini yaratish” mavzuidagi amaliy tadqiqotlar;
5) № 1/2010 raqamli “Морфоструктурный и морфометрический анализ района расположения золоторудных горнодобывающих предприятий (Чадакская и Ангренская ЗИФ)” mavzuidagi xo‘jalikshartnomasi(GIDROINGEO instituti bilan hamkorlikda);
6) № OT-ID/11-8-2“Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish kartasini yaratish va chop etish”;
7) «Мониторинг приграничных районов Узбекистана в местах воздействия добычи, переработки и складирования отходов горнопромышленных и металлургических предприятий Киргизии и Таджикистана» (GIDROINGEO instituti bilan hamkorlikda).
8) OT-ATab-2018-63 “O‘zbekiston Respublikasining faol mintaqalaridagi ko‘chki jarayonlarining Yer masofaviy zondlash mateiallari va geoinformasion texnologiyalar asosida kompleks o‘rganish (Chirchiq daryo havzasi misolida)”.
9) № 9063- “O‘zbekiston Respublikasi hududini qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida geografik rayonlashtirish”.
10) Uzb-Ind-2021-79 “Masofadan zondlash asosida O‘zbekiston tog‘ tizmalaridagi muzliklarning degradasiya jarayoni dinamikasini o‘rganish” (O‘zbekiston-Hindiston hamkorligidagi xalqaro grant loyihasi).
Kafedrada turli yillari mehnat qilib etishib chiqqan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari:
Y.A. Skvorsov-g.f.d., professor
L.N. Babushkin-g.f.d., professor
N.D. Dolimov-g.f.n., dosent
H.H. Hasanov-g.f.d., professor
N.A. Kogay-g.f.d., professor.
- Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
Bakalavriat | ||
1 | Umumiy tabiiy geografiya | Umumiy tabiiy geografik qonuniyatlar, ularning mohiyati, geografik qobiqning tuzilishi, tarkibiy qismlari, litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera hamda ularning xususiyatlari, geografik qobiqning hududiy tabaqalanishi, inson va tabiat munosabatlarining geografik asoslarini o‘rgatish va ularda tabiatdan foydalanishda geografik bilimlarni qo‘llay olish bo‘yicha malaka va tajriba hosil qilishdan iborat. |
2 | Geomorfologiya va geologiya asoslari | Yerning shakli, o‘lchamlari, tuzilishi, tarkibi, harakati, rivojlanish bosqichlari, geologik jarayonlar va ularning Yer relyefining hosil bo‘lishidagi o‘rni, Yerning relyefi, relyef elementlari, shakllari va turlari, relyef turlarining yer yuzasida taqsimlanishi qonuniyatlari, ularni turli gidrologik tadqiqotlarni bajarishda hisobga olish, litosfera va unda sodir bo‘ladigan endogen geologik jarayonlar, ularni relyef hosil qilishdagi ahamiyatini o‘rgatish va ularda to‘plangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish bo‘yicha malaka va tajriba hosil qilishdan iborat. |
3 | O‘zbekiston geografiyasi | O‘zbekiston tabiatini geografik o‘rganish tarixi, O‘zbekiston tabiatini shakllantiruvchi eng muhim omillar, iqtisodiy va siyosiy geografik o‘rni, tabiiy va mineral xomashyo salohiyati, ularning xo‘jalik ahamiyati, demografik rivojlanishi, milliy iqtisodiyotining tarmoqlar va hududiy tarkibi, ishlab chiqarish salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi omillari va muammolari, O‘zbekistonni tabiiy va iqtisodiy geografik rayonlashtirish va uning ilmiy amaliy ahamiyatini ochib berish. |
4 | Landshaftshunoslik | Landshaftshunoslik fan va amaliyotning keng yo‘nalishlarini ifodalovchi fan bo‘lib, Yer landshaft qobig‘ining bir butunligi, uning komponentlari bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq va aloqador ekanligi, ular orasidagi murakkab modda va energiya almashuvi jarayoni mavjudligi, landshaft qobig‘ini tashkil qiluvchi geosistemalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi. |
5 | Jahon geografiyasi | materiklar va okeanlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari, relyefi, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi, landshaftlar, tabiiy komplekslar hosil bo‘lishida ro‘y beradigan hodisalar, jahon mamlakatlari va mintaqalarining iqtisodiy-geografik o‘rni, aholisi, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari, O‘rta Osiyo mintaqasida “tabiat-aholi-xo‘jalik” tizimi doirasida tabiiy-geografik, geoekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari va ularni boshqarish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
6 | Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi | Tabiiyot va geografiya ta’limi metodikasini rivojlanishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, tuzilishi, mazmuni, uslubi va usullari, ta’lim jarayonini o‘rgatishdir. Bu kursda talabalarga tadqiqot usullari, tabiiyot va geografiya ta’limining jarayon qismlari, didaktik vositalar, dars berish to‘g‘risida ma’lumotlar berish, tabiiyot va geografiya fanidan dars o‘tishda texnika vositalaridan foydalanish, noan’anaviy va interfaol darslar haqida ma’lumot berishdan iborat. |
7 | Innovatsion pedagogik texnologiyalar | Innovasion ta’lim texnologiyalarining o‘ziga xosliklari va qo‘llanilish sohalarini aniqlashtirish, innovasion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, interfaol darslar haqida ma’lumot berishdan iborat. |
8 | Gеоekologiyava landshaft ekologiyasi | Geoekologiyaning nazariy asoslari, geoekologik omillar va ularning turlari, geoekologik muammolar, geoekologik baholash, monitoring va prognoz, geoekologik indikatorlarni aniqlash, geoekologik muammolar va ularning echimi, geoekologik muammolarni baholash, ularning monitoringni olib borish va rivojlanishini prognozlash, geoekologik kartalashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
9 | Geografik tadqiqot usullari | Ilmiy tadqiqotlarning uslub va usullari; tadqiqot bosqichlari va ular bo‘yicha bajariladigan ishlar ko‘lamini aniqlash; geotizimlar va ularni komponentlarining hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning elementlarini shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganish, dalada faktik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni, geotizimlar va ularning komponentlarini hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning elementlarini kartalashtirishni, geotizimlarning imkoniyatlarini baholash, taraqqiyotni prognozlashtirish, va boshqarish, hududiy-iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarni rivojlantirish masalalarini tadqiq etishni o‘rgatishdan iborat. |
10 | Amaliy geografiya | Amaliy geografiyaning asosiy yo‘nalishlari va tadqiqot uslublarini, aholi va xo‘jalik tuzilishini to‘g‘ri tashkil etish maqsadlarida olib boriladigan landshaft tadqiqotarining ilmiy asoslarini, injener va geografik shaharsozlik yo‘nalishlarida amaliy geografiyaning usul va uslublarini qo‘llash yo‘llari haqida tegishli bilimlarni, dunyoviy va mintaqaviy ekologo – geografik muammolarni yechish yo‘llari kabilarni o‘rgatishdan iborat. |
11 | Таbiatdan foydalanishning geografik asoslari | Turli geosistemalar bo‘yicha dala tadqiqot ishlari olib borish metodlari, muayyan hududlar tabiiy resurslarini baholash, tabiiy resurslardan foydalanganda yuz beradigan oqibatlar prognozini ishlab chiqish, hududlarning resurs salohiyatini iqtisodiy tahlil qilish va baholash, ekologik ekspertizani bajarish va xulosalar olish ko‘nikmalarini shakllantirish. |
12 | Geologiya va geomorfologiya | Yerning shakli, o‘lchamlari, tuzilishi, tarkibi, harakati, rivojlanish bosqichlari, geologik jarayonlar va ularning Yer relefining hosil bo‘lishidagi o‘rni, yerning relefi, relef elementlari, shakllari va turlari, relef turlarining er yuzasida taqsimlanishi qonuniyatlari, ularni turli gidrologik tadqiqotlarni bajarishda hisobga olish, litosfera va unda sodir bo‘ladigan endogen geologik jarayonlar, ularni relef hosil qilishdagi ahamiyatini o‘rgatish va ularda to‘plangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish bo‘yicha malaka va tajriba hosil qilishdan iborat. |
Маgistratura | ||
1. | Geotizimlar nazariyasi | Geosistemalar nazariyasi haqidagi tushunchalar, ularning ilmiy-nazariy va amaliy tomonlarini magistrlarning faol ishtirokida ko‘rib chiqish, magistrlarda geosistemalar tuzilishi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, ichki rivojlanish qonunlari, o‘rta va oliy maktabda o‘qitilishi muammolari, amaliy kirralari va ahamiyatiga doir bilim va malakalarini shakllantirishdan iborat. |
2. | Amaliy landshaftshunoslik | Umumiy tabiiy geografiya, tuproqshunoslik, geologiya va geomorfologiya, landshaftshunoslik asoslari kabi tabiatshunoslikka oid fanlardan olingan bilimlar asosida landshaftlarni baholash, ularning taraqqiyotini prognozlash, landshaftlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, antropogen landshaftlar, zamonaviy ekologik muammolarni hal etishda mazkur bilimlardan foydalana olish bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirishdan iborat. |
3. | Landshaft planirovkasi | Landshaftlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, tabiat va inson munosabatlarini har tomonlama o‘rganish va tahlil etish, hududni to‘g‘ri tashkil etish orqali ekologik-iqtisodiy-ijtimoiy barqaror rivojlanishga erishishda geotizimlarning ekologik, resurs va barqarorlik potensialini hisobga olish bo‘yicha xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. |
4. | Global iqlim o‘zgarishi va uning O‘zbekiston tabiiy resurslariga ta’siri | Asosiy meteorologik kattaliklar, hodisalar va omillar to‘g‘risida bilimlar majmuasiga ega bo‘lish, meteorologik axborotlardan inson ho‘jalik faoliyatida samarali foydalanish, iqlim tizimi tushinchasi zamonaviy darajada talqin etilishi, iqlimni shakllantiruvchi omillar va jarayonlar ta’siri ostida iqlimning shakllanishi, harorat, namlik, bulutlilik va boshqa iqlimiy kattaliklarning maydonlari ko‘rsatilishi va tahlil qilinishi, iqlimlar tasniflari bo‘yicha turli yondashuvlar va ular bo‘yicha iqlim tasniflari bayon qilishi, mezo – va mikroiqlim tushinchalari zamonaviy talqin qilinishi haqidagi bilimlarni shakllantiradi. |
5. | O‘zbekiston toponimiyasi | O‘zbekiston hududidagi toponimlar, geografik terminlar, ularga qo‘yiladigan talablar, manbalari, geografik nomlarning tarqalish qonuniyatlari, geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash kabi muammolarni hal etishda mazkur bilimlardan foydalana olish malakasini shakllantirishdan iborat. |
6. | Geografik toponimika | Geografik joy nomlarining hosil bo‘lishi,o‘zgarishi, turlari haqida, joy nomlarini hosil qiluvchi geografik terminlarning mazmuni, ularga qo‘yiladigan talablar, manbalari, geografik nomlarning tarqalish qonuniyatlari, geografik ob’ektlarga nom berish va qayta nomlash kabi muammolarni hal etishda mazkur bilimlardan foydalana olish malakasini shakllantirishdan iborat. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Аvezov М.М. | O‘qituvchi | Buxoro viloyati toponimlari shakllanishi va tarqalishining tabiiy geografik asoslari |
2 | Safarov E.D. | O‘qituvchi | Xavfli tabiiy jarayonlarning Chorvoq erkin turistik zonasidagi muxandislikinshootlariga ta’sirini baholash |
3 | Xakimov K.А. | O‘qituvchi | Baxmal tumani tabiatidan foydalanishda landshaft rejalashtirishni qo‘llash |
4 | Ergasheva Y.H. | O‘qituvchi | O‘zbekistonda atmosfera suv bug‘idan chuchuk suvning muqobil manbayi sifatida foydalanishning tabiiy geografik jihatlari |
5 | Boymurodov D.O‘. | O‘qituvchi | Amirsoy havzasini rekreatsion-turistik baholash |
Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot
Kafedraning xorijiy hamkorlari:
- Moskva davlat universiteti
- Zalsburg universiteti
- Malaga universiteti
- Qozon federal universiteti
- Turkmaniston Fanlar akademiyasi Cho‘llar instituti.
Mahalliy hamkorlari:
- O‘zR FA Seysmologiya instituti
- O‘zR FA Geologiya va geofizika instituti
- O‘zR FA “GIDROINGEO” instituti
- O‘zR FA Botanika instituti
- Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
- Kadastr agentligi
- “KARTOGRAFIYA” IIChDUK
- O‘zGIDROMET
- Respublika ta’lim markazi
- Respublika toponimika xizmati.
Kafedraning xorijiy mamlakatlarning etakchi oliy o‘quv yurtlari bilan mutahkam aloqalari mavjud. Xususan, kafedra M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tabiiy geografiya va landshaftshunoslik kafedrasi bilan shartnoma imzolangan. Unga muvofiq, kafedra mudiri M.T.Mirakmalov 2019-yil oktyabr oyida MDU geografiya fakultetida o‘z malakasini oshirdi.
O‘z navbatida MDU geografiya fakulteti talabalari 2020 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zMU geografiya fakultetiga tashrif buyurishdi hamda “Chorvoq” o‘quv-dala amaliyot bazasida amaliyot o‘tashdi. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari esa ma’ruzalar o‘qishdi.
Hozirgi kunda ushbu hamkorlik davom ettirilmoqda.
Kafedra tarkibi
№ | Professor-o‘qituvchilar ismi sharifi | Lavozimi | Ilmiy darajasi | Ilmiy unvoni | Elektron pochta |
1 | Мirakmalov М.Т. | Kafedra mudiri | g.f.d.(DSc) | Dotsent | mir1970ali@mail.ru |
2 | Sabitova N.I. | Professor | g.f.d. | Professor | nellisabitova@mail.ru |
3 | Urazbayev А.К. | Prof. v.b. | g.f.d. | Dotsent | urazbayev1955@mail.ru |
4 | Bahritdinov B.А. | Prof. v.b. | g.f.d. | Katta ilmiy xodim | |
5 | Аbdunazarov O‘.Q. | Dotsent | g.f.d. | Dotsent | ukaabdunazarov@umail.uz |
6 | Shamurotova N.Т. | Dotsent | g.f.d. | Dotsent | nigora_shamuratova@mail.ru |
7 | Ibragimova R.А. | Dotsent | g.f.d. | Dotsent | r.ibragimova@nuu.uz |
8 | Аvezov М.М. | O‘qituvchi | muxriddin_avezov@mail.ru | ||
9 | Safarov E.D. | O‘qituvchi | elbek.safarov@inbox | ||
Ichki o‘rindoshlar | |||||
10 | Sharipov Sh.М. | Dotsent | g.f.d. | Dotsent | shavkat.sharipov.1977@mail.ru |
11 | Sabitov T.Y. | O‘qituvchi | sabitov.ty@gmail.com | ||
12 | Ergasheva Y.Х. | O‘qituvchi | unusual_girl93@mail.ru | ||
13 | Хаkimov К.А. | O‘qituvchi | k.khakimov@nuu.uz | ||
14 | Boymurodov D.O‘. | O‘qituvchi | d.boymurodov@bk.ru | ||
Tashqi o‘rindoshlar | |||||
15. | Nizomov А. | Dotsent | G.-m.f.n. | Dotsent | |
16. | Petrov М.А. | Dotsent v.b. | G.-m.f.n. | KIX | |
17. | Rafiqova N.А. | Dotsent v.b. | G.f.f.d.(PhD) | KIX | |
18 | Shomurodova Sh.G‘. | Dotsent v.b. | G.f.f.d.(PhD) |
7. To‘garaklar
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning olgan nazariy bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida “Geografik o‘lkashunoslik va ekoturizm” to‘garagi tashkil etilgan. To‘garak Nizomi, dasturi va kalendar ish rejasi bo‘lib, ularga muvofiq har oyda bir marta tadbirlar uyushtirib turiladi.