Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

YUNESKO hamda Baxrayn qirolligi 2005 yilda ta’sis etilgan «Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish» nomli YUNESKO/Hamad bin Isa Al-Xalifa mukofoti uchun tanlovni e’lon qiladi.


Mazkur tanlovning 2023 yil uchun mavzusi – «Yashil ta’limda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish (Digital learning for greening education)».

⏺Tanlov yakunida dunyo boyicha 2 ta innovatsion loyiha tanlab olinib, 25000 AQSH dollari miqdorida teng mablag’ bilan taqdirlanadi.

⏺Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar quyidagi web-sahifa orqali shaxsiy kabinet ochishlari va ro’yxatdan o’tishlari lozim:
🌎www.unesco.org/ict-ed-prize/register

⏺Ro’yxatdan o’tgan nomzodlar quyidagi havola orqali onlayn tarzda nomzodnoma shakillarini ingliz hamda fransuz tillarida to’ldirishlariu va taqdim etishlari zarur:
🌎www.unesco.org/ict-ed-prize

Eslatib o’tamiz hujjatlarni topshirishlarning oxirgi muddati: 2024 yilning 23 yanvariga qadar.


Xalqaro aloqalar bo’limi