A.E. Shmidt tavalludining 155 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Bugun, 24-mart kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida atoqli sharqshunos, arabshunos hamda ilm-fan tashkilotchisi Aleksandr Eduardovich Shmidt tavalludining 155 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi Yemelyanenko Anton Aleksandrovich, Xalqaro islom akademiyasi, O‘rta Osiyo va Toshkent pravoslav yeparxiyasi hamda ruhoniylar seminariyasi, O‘zbekiston Milliy arxivi, Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti Sharof Rashidov nomidagi fond vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy va ijodiy ziyolilar, shuningdek, talabalar, magistrantlar va doktorantlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida professorlar va tadqiqotchilar tomonidan A.E. Shmidt hayoti hamda ilmiy-ma’rifiy faoliyatining turli jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Xususan, sharqshunoslik ta’limini tashkil etish masalalari, Usmon Qur’oni muqaddas yodgorligining Toshkentga qaytarilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar atroflicha yoritildi.

Ma’ruzachilar Tarix fakultetining tarixiy xotirani asrash va boyitish borasidagi munosib hissasini alohida ta’kidladilar. Talabalar tomonidan taqdim etilgan chiqishlar esa O‘zbekiston yosh tarixchilarining yuksak tayyorgarlik darajasi hamda bilim olishga bo‘lgan intilishlari yuqori ekanini yaqqol namoyon etdi.