Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Akademiklar

1918-yilda Toshkentning eski shahar qismida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy singari ma‘rifatparvarlar tashabbusi bilan milliy dorilfunun tashkil qilingan. Universitet dastlab, ya‘ni 1918-yildan Xalq universiteti degan nom bilan faoliyat ko‘rsatgan.

1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan esa O‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan 2000-yilgacha Toshkent davlat universiteti deb yuritilgan.

1995-yil 14-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek) nomi berildi. 

Fakultetlar:

  1. Tarix fakulteti
  2. Kimyo fakulteti
  3. Fizika fakulteti
  4. Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti
  5. Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
  6. Iqtisodiyot fakulteti
  7. Jurnalistika fakulteti
  8. Xorijiy filologiya fakulteti
  9. Matematika fakulteti
  10. Biologiya fakulteti
  11. Taekvondo va sport faoliyati fakulteti
  12. Ijtimoiy fanlar fakulteti

Universitet nafaqat respublikada, balki mintaqada ilk tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet olimlari va o‘qituvchilari jamoasining ilm-fan, ta’lim, ma’rifat sohasidagi, ilmiy tadqiqot, ta’lim tizimini shakllantirishdagi alohida o‘rni va xalqaro nufuzini e’tiborga olib, 2000-yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq mazkur ilm maskaniga "Milliy universitet" maqomi berildi.

O’bekiston Milliy universitetida taxsil olgan juda ko’plab olimlar etishib chiqdi, xususan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari (A.A.Abduvahobov, J.A. Azimov, T.A.Azlarov, Sh.A.Alimov, Sh.A.Ayupov, T.N.Dolimov, T.J.Joʻrayev, T.S.Yoʻldoshboyev, A.T.Mamadalimov, J.A.Musayev, M.M.Musaxonov, A.R.Muhammadjonov, T.M. Moʻminov, N.A.Parpiyev, S.Sh.Rashidova, M.Salohiddinov, Sh.I.Solihov, N.Yu.Sotimov, B.O.Toshmuhamedov, S.Sh.Shermuhamedov va boshqalar) bor. Universitetda muhim fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy maktab va yoʻnalishlar yaratildi. Xususan, universitet olimlarining mat. va mexanika (V.I.Romanovskiy, T.A. Sarimsoqov,S.H. Sirojidsinov, Sh.Q. Farmonov, T.A.Azlarov, M.S. Salohiddinov,A.S. Sadullaev, Sh.A. Ayupov, Sh.O.Alimov, M.T.Oʻrozboyev, A.Begmatov), fizika (S.V.Starodubsev, O. Xolmuhamedov, Sh.Otajonov, S.U. Umarov, R.X.Mallin, kimyo (O.S.Sodiqov, R.Tillayev, K.S.Ahmedov, Oʻ.N.Musayev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov), biol. (Ye.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.T.Toʻlaganov, A.Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo (S.N.Rijov, X.A.Abdullayev), biokimyo va biofizika (Yo.X.Toʻraqulov), baland togʻlarni oʻzlashtirish (I.A.Raykova), genetika (JA.Musayev), geol. (A.S.Uklonskiy, O.I.Islomov, T.N.Dolimov), geogr. (L.N.Korjenevskiy, A.Soliyev, Z.M.Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A.T. Ayupov, K.S.Sodiqov, E.Yusupov, S. Shermuhamedov, J.M.Boboyev, I.Rahimov), tarix (V.V.Bartold, A.A.Semyonov), huquqshunoslik (H. S.Sulaymonova, O.E.Eshonov, Sh.Z.Oʻrazayev), sharqshunoslik (Sh.Shomuhamedov), filol. (Gʻ.K.Karimov, O.Sharafiddinov, S.D. Dolimov, A.Gʻ.Gʻulomov, L.P.Qayumov, B.Qosimov, U.Normatov, A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev), psixologiya (E.Gʻoziyev), sotsiologiya (N.Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.

Uni tashkil topgandan beri mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi. Universitetda taniqli shoir va yozuvchilardan Oybek, M.Avezov, A.Qahhor, A.Muxtor, P.Qodirov, O.Yoqubov, Oʻ.Hoshimov, Oʻzbekiston Qahramonlari O.Sharafiddinov, A.Oripov, E.Vohidov va boshqalar oʻqigan.

Unda "OʻzMU xabarlari" jurnal (1997) va "Milliy universitet" gaz. (1918) chiqadi. universitet oʻz bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili professor-oʻqituvchilarning 1000 dan ortiq ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.