Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligiga start berildi

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari ushbu haftalik doirasida faol ishtirok etib, Erkin Vohidov haykali yonida sport o‘yinlari, milliy xalq o‘yinlari, turli ko‘rgazmali chiqishlar, aytishuvlarni namoyish etmoqda.

O‘zMU rektori Inom Madjidov saylda ishtirok etayotgan talabalar bilan uchrashib, mazkur namoyishlar bilan tanishdi.

Ma’lumot o’rnida, tadbirda barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etilmoqda, gʻazal va sheʼrlar aytilmoqda, shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etilmoqda.

O‘zMU Axborot xizmati