Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Akademik mobillik dasturi amalda



Oldin xabar berganimizdek Akademik mobillik dasturi doirasida Qirg’iziston Respublikasi Y.Balasag‘in nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti talabalari tashrif buyurishgan edi.

Joriy yilning 26-mart kuni Qirg’iziston Respublikasi Y.Balasag‘in nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik asosida Y.Balasag’in nomidagi Qirg’iz Milliy universitetining 11 nafar talabalari akademik mobillik doirasida tahsil olishdi.

Muvafaqqiyatli tamomlagan talabalarga maxsus  sertifikatlar taqdim etildi.


Xalqaro aloqalar bo`limi