Qozog‘iston Respublikasi Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetining 8 nafar magistranti 2025 yil 31 martdan 12 aprelgacha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lishdi.
Tashrif Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida amalga oshirildi. Magistrantlar o‘quv va ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Dastur yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.
Akademik mobillik dasturi ikki oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Universitetimiz kelgusida ham xalqaro akademik almashinuvlarni davom ettirish va yana-da kengaytirishni rejalashtirgan.
Xalqaro aloqalar bo`limi