O‘zbekiston Milliy universitetida Matematika fakulteti, O‘zR FA Matematika instituti va O‘zbekiston matematika jamiyati hamkorligida qo‘shma yig‘ilish hamda ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ahamiyatli tadbir Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, atoqli matematik, akademik Noʻmon Yunusovich Satimov tavvalludining 85 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Anjumanda olimning hamkasblari, shogirdlari, oila a’zolari hamda doktorantlar, magistrantlar va talaba-yoshlar qatnashdilar.
Ushbu tadbirda so‘zga chiqqanlar olimning hayot yo‘li, u qoldirgan ilmiy merosi hamda respublikamiz ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan xissasi haqida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
Akademik N.Yu.Satimov nafaqat atoqli olim va mohir pedagok, balki har tomonlama yetuk, ajoyib suhbatdosh edi. Uning xushchaqchaqligi, mehnatkashligi, rahmdil, kamtar va halolligi, u kishi bilan muloqatda bo‘lgan va ishlagan insonlarda o‘chmas iz qoldirdi. Umrining oxirigacha sport bilan muntazam shug‘ullanib keldi, sayohatni sevuvchi inson bo‘ldi. Uning do‘stlari mehribon oilaparvar bo‘lganligini yaxshi bilishadi.
Oliy insoniy xislatli olimning ko‘p qirrali butun umri fanga va xalqqa bag‘ishlangan beminnat xizmat mezonidir.
O’zMU Axborot xizmati