
O‘zbekiston Milliy universiteti va Turkiya Respublikasining Anqara universiteti o‘rtasida imzolangan Memorandumga muvofiq hamkorlik ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Akademik mobillikni ta’minlash asosida har ikki universitet oʻqituvchilari tomonidan universitetlarga tashrif buyurilib konferensiya, dars mashgʻulotlari, uchrashuvlar tashkillashtirilib kelinmoqda. Jumladan, 1-10-may kunlari Anqara universiteti professori Aynur O‘z O‘zjan Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi talabalariga turk tili va dialektologiya fanlaridan ma’ruza o‘qidi. Alohida tashkillashtirilgan uchrashuvda bakalavr va magistrlar professor Aynur O‘z O‘zjandan Anqara universiteti haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar bunday mashgʻulot hamda uchrashuvlarning ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida e‘tirof etdilar.