Bugun, 9-aprel kuni AQSHning Vebster universiteti kansleri Tim Kin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Xorijlik mehmonlarni rektor Inom Madjidov qabul qildi.
Kansler bilan birgalikda Vebster universiteti prezidenti Jullian Shuster, moliyaviy direktor Uilyam Donovan, xalqaro filiallar direktori Rayan Gaffi, Vasiylik kengashi a’zosi Alan Elliot Mershen, Toshkent shahridagi Vebster universiteti rektori Antoni Jarvis hamda ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori Rasul Rahmonov O‘zMUga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida axborot texnologiyalari, biologiya, biokimyo va kimyo yo‘nalishlarda istiqbolli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy va turli AQSHdagi grant loyihalarda hamkorlikda ishtirok etish istiqbollari va boshqa bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.
O‘zMU rektori Inom Madjidov hamda Vebster unversiteti kansleri Tim Kin tomonidan ikki OTM manfaatlari uchun xizmat qiladigan barcha loyiha, dastur va tashabbuslar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
O‘zMU Axborot xizmati