Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti talabalarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zR “Asakabank” AJ homiyligida “Yosh matematik” stipendiyasi tanlovi e’lon qilinadi.
Ushbu tanlovda O‘zbekiston Milliy universiteti “matematika” yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-4 kurs talabalari matematikaning turli sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar asosida tanlangan ma’ruzalar bilan ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilarning ma’ruzalari O‘zMU Matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari, O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda “ASAKABANK” AJ xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi va natijalar e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini Jo‘rayev Rustam Mexriddinovichning rmjurayev@mail.ru elektron manziliga 2024-yil 20-iyun sanasiga qadar quyidagi hujjatlarni yuborishingiz so‘raladi (yuboriladigan xat mavzu-si «Asakabank tanloviga» deb ko‘rsatilsin):
• Ma’lumotnoma (o‘zi haqida va erishgan yutuqlari haqida);
• Ma’ruza mavzusi va taqdimoti;
• Ma’ruza mavzusiga oid tayyorlangan yoki chop etilgan ilmiy ishlari (agar mavjud bo‘lsa);
• Akademik ma’lumotnoma (transkript);
• Kafedra va ilmiy rahbar xulosasi.