Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Astronomiya va astrofizika kafedrasi

Nuritdinov Salohitdi - Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 97 742-08-64

e-mail: nur200848@mail.ru


"Ushbu kafedra 2012 yili Astronomiya va astrofizika hamda Atmosfera fizikasi kafedralarning birlashtirilishi tufayli tashkil topgan. Natijada ikkita mustaqil talim yonalishilari, birinchisi astronomiya, ikkinchisi meteorologiya yonalishi qoshilib, oquv hamda ilmiy-tadqiqot ishlari umumlashtirildi. Har yili Astronomiya talim yonalishi boyicha alohida 15-20 ta abiturient oqishga kirib, ular Moskva va Sankt-Peterburg universitetlardagi astronomiya talim yonalishi oquv rejasi asosida oqitib kelinmoqda. Bakalavriaturani yuqori korsatkichlar bilan tugatgan iqtidorli talabalar astronomiyadan magistraturaga, uni alo tugatganlar Ph.D. ga kiradi.
Atmosfera fizikasi mutaxassisligi boyicha oquv ishlari quyidagi fanlarda olib boriladi: iqlimshunoslik, agrometeorologiya, sinoptik meteorologiya, atmosfera fizikasi va boshqalar.
 Astronomiya yonalishida astrofizikadan ilmiy-tadqiqotlar olib borilib, xususan Somon Yoli va undan tashqari obektlar, osmon jismlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi muammolari, ozgravitatsiyalanuvchi turli sistemalarning modellashtirish, yulduz todalari va boshqa obektlarning tadqiqoti otkaziladi.

Astronomiya va atmosfera fizikasi kafedrasi: 5140400-Astronomiya talim yonalishi uchun masul hisoblanadi. Bundan tashqari, kafedra xodimlari 5140200-Fizika va 5140700-Meteorologiya talim yonalishlari oquv rejasidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan ham dars berishadi.
Kafedrada 2ta mutahassislik boyicha 16 nafar talaba tahsil oladi: 5A140401-Astronomiya (tadqiqot yonalishi boyicha) va 5A140701-Meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya (prognoz va tasir etish).