Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Astronomiya” yo‘nalishi talabalari observatoriyada amaliyot o‘tamoqda

O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti 2- va 3-kurs talabalari bilan yozgi amaliyot doirasida Parkent tumanida joylashgan observatoriyada kuzatuv ishlari olib borildi.

Talabalarga “Astronomiya va astrofizika” kafedrasi o‘qituvchilari F. Botirov, J.Gʻaniyev, D.Rashidovlar rahbarlik qildi.

O‘zR FA Materialshunoslik instituti hududidagi O‘zMUga qarashli mazkur ilmiy-kuzatuv observatoriyasida talabalar osmon sferasidagi yulduz turkumlari joylashuvlari oriyentirlarini topish, gorizont tomonlarini aniqlash kabi ishlar bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishdi.

Observatoriyadagi 50-cm AZT-14 reflektor teleskopida kuzatuvlar olib borildi. Talabalar Oy relefini; Saturn, Mars va Uran sayyoralarini; Koinotning eng qari obektlari hisoblangan yulduzlarning sharsimon to‘dalarini; bizga eng yaqin spiral Andromeda galaktikasini kuzatishdi.

Shuningdek, talabalar Materialshunoslik instituti faoliyati, “Quyosh fizikasi” birlashmasi qurilma va laboratoriyalari, Quyosh "sandoni" hamda u orqali sof material eritmalari olish tamoyillari bilan tanishishdi.

O‘zMU Axborot xizmati