Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Audiovizual va internet jurnalistika kafedrasi

O‘zMU rektorining 2023 yil 3 fevraldagi 01-26-sonli buyrug‘iga asosan “Audiovizual va internet jurnalistika” kafedrasi tashkil topdi. Bir vaqtning o‘zida yangiliklar yoza oladigan, intervyu olish, rasm va videoga tushirish mahoratini egallay olgan, internet uchun materiallar tayyorlay oladigan universal jurnalistlarni yetishtirish hozirgi kunda muhim. Televideniye va radio esa OAVning asosiy o‘zagini tashkil etadi va O‘zbekiston sharoitida eng kata auditoriyaga ega OAV sanaladi. Demak, ushbu sohada faoliyat yurita oladigan kompentensiyalarga ega bo‘lgan kadrlarni yetkazib berish mazkur kafedra oldidagi muhim vazifalardan biridir Kafedra davlat va nodavlat televedeniye, radio hamda internet saytlarida ishlash uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlaydi.  

Hozirga qadar ushbu masalada “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 2-ilovasiga muvofiq O‘zMTRKda fakultet bilan hamkorlikda  “Televideniya va radio” bo‘limi tashkil qilindi. Kafedra professor-o‘iqtuvchilari tomonidan xalqaro tashkilotlar hamkorligida bir nechta o‘quv-qo‘llanmalar ham chop etildi. Jumladan, “Audiovizual jurnalistika”, “Iqtisodiy jurnalistika”, “Onlayn jurnalistikada ziddiyatli vaziyatlarni yoritish”.

"Audiovizual va internet jurnalistika"  kafedrasi tashabbusi bilan Jurnalistika fakulteti talabalari hamda fakultet qoshida ochilgan havaskor jurnalistlar maktabi o‘quvchilari uchun 2023-yil mart oyidan "Media focus" loyihasiga start berildi. Loyihadan maqsad soha yetakchilarining tajriba va bilimlari bilan bo‘lishish orqali bo‘lajak jurnalistlarga  motivatsiya berish.

Kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar.

1.        Zoxitova N. PhD (kafedra mudiri)

2.        Ibragimov Sh. f.f.n. dotsent

3.        Mamatova Ya.M. f.f.d. prof. v.b.

4.        Qosimov Sh.

5.        Abdullayeva Z

6.        Aminova A.

7.        Miralimov Sh. t.f.n. dotsent 

8.        Mirsoatova M.S. f.f.n. dotsent 

9.        Abdusagatova F.

10.      Dadaxon Yoqubov - professor