Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ayni vaqtda O‘zMU rektori Inom Madjidov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining yubileyida ishtirok etmoqda.


Ayni vaqtda O‘zMU rektori Inom Madjidov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining yubileyida ishtirok etmoqda.

Shonli 80 yilligini nishonlayotgan Janubiy Qozog‘iston universitetida “Ta’lim, fan va innovatsiyalar” xalqaro forumi, “Sanoat texnologiyalari va injiniringi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yubileyda faxriy mehmon sifatida ishtirok etayotgan O‘zMU rektori Inom Madjidov xalqaro forumda ma’ruza qilib, Janubiy Qozog‘iston universitetining ko‘p yillardan buyon sezilarli muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgani, Qozog‘iston oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallab borayotganini e’tirof etdi.