Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Bag‘rikenglik – tinchlik va hamjihatlik omili

O‘zbekiston Milliy universitetida Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi tomonidan “Bag‘rikenglik – tinchlik va hamjihatlik omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Unda yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi Rahbar Murtazayeva, shuningdek, Muxtor Auyezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professor-o‘qituvchilari, Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi markazi vakillari, talabalar ishtirok etdi.

 

 

Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston Milliy universiteti iqtidorli talabalari tomonidan turli millatlar madaniyatiga mansub kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar ijro etildi.

O‘zMU Axborot xizmati