Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti tomonidan “Barqaror iqtisodiy rivojlanish va ‘O‘zbekiston–2030’ strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyaning maqsadi – globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasiga erishish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Konferensiyada quyidagi sho‘balar faoliyat olib bordi:
1. “Yashil investitsiyalar” va “yashil iqtisodiy o‘sish”ni ta’minlash muammolari
2. Barqaror iqtisodiy o‘sish va tarkibiy islohotlar
3. Aholi turmush darajasini oshirish va sifatini yaxshilash
4. Moliyaviy-kredit tizimini strategik rivojlantirish
5. Jahon iqtisodiyotida barqaror o‘sishni ta’minlash va ekologik muammolar
6. Iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellar orqali tahlil qilish
Konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari, mahalliy va xorijiy universitetlar professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Konferensiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlari, degoballashuv va defragmentatsiyalashuv, ekologik muammolar, raqamli iqtisodiyotga o‘tish, yashil iqtisodiyot, aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar muhokama qilindi va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bir qancha muhim foydali jihatlari bilan ajralib turdi:
Ilmiy-amaliy takliflarning shakllanishi:
Konferensiya doirasida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar, iqtisodiy modellar va tahlillar asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu esa “O‘zbekiston–2030” strategiyasining amaliy jihatdan asoslanishiga xizmat qiladi.
Xalqaro tajriba almashinuvi:
Mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar ishtiroki orqali turli mamlakatlarning iqtisodiy islohotlar bo‘yicha tajribalari tahlil qilinib, O‘zbekistonga mos innovatsion yondashuvlar o‘rganildi.