Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Berlin texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi ayni vaqtda Germaniyada bo‘lib turibdi. Universitetimiz vakillarining navbatdagi uchrashuvi Berlin texnika universitetida tashkil etildi.
Delegatsiyamiz bilan vitse-prezident Dr. Stefan Volker boshchiligida BTU vakillari o‘zaro muloqot qildi. Uchrashuvda tomonlar umumiy hamkorlik jihatlari to‘g‘risida fikr almashdilar.

“Quyidan yuqoriga qarab” tajribasiga asoslanib, avvalo ikki universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

BTU xalqaro ilmiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yevelina Skurski onlayn uchrashuvlar tashkil qilib, ikki universitet olimlarining muloqotlarini tashkil qilish, kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Berlin texnika universiteti 1799-yilda tashkil topgan bo‘lib, ushbu muassasada bugungi kunga qadar ko‘plab Nobel mukofoti sovrindorlari tahsil olgan.

O‘zMU Axborot xizmati