Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Bezorilik va sog‘liqqa qarshi jinoyatlarni oldini olish – dolzarb masala

28-mart kuni, O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, falsafa fanlari doktori F.Sh.Berdiyev,Toshkent shahar IIBB ATSJQKB boshlig‘ining o‘rinbosari – XPB boshlig‘i J.A.Sagdullayev, hudud profilaktika inspektorlari ishtirokida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Bezorilik va sog‘liqqa qarshi jinoyatlarni oldini olish” mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda talabalar, yoshlar bilan ishlovchi tegishli mas’ullar qatnashdi.
Suhbat davomida talabalarga bezorilik va mayda bezorilik, tan jarohati bilan bog‘lik xarakatlarning salbiy oqibatlari, jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi. Mavzuga oid videorolik namoyish etildi.