Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Biokimyo kafedrasi

Qo‘ziev Sherali – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 71 227-15-44

e-mail: kuziev.sherali@gmail.com


Kafedra tarixi va asosiy faoliyati, rahbari bo‘yicha to‘liq ma’lumot

1962 yil. Yo.X.To‘raqulov tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor ToshDUda Biokimyo va biofizika kafedrasi tashkil etildi. 1963 yil Biokimyo va biofizika kafedrasi o‘z ishini to‘liq boshladi va kafedrada Yo.X.To‘raqulov, D.N.Saxibov, B.O.Toshmuxamedov, N.K.Mirzaeva, L.I.Kurgulsevalar faoliyat ko‘rsatishgan. Shu yili B.O.Toshmuxamedov Biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti lavozimiga tayinlandi. 1964 yil MGUda taxsil olishni yakunlab, Biokimyo va biofizika kafedrasiga M.N.Valixanov katta o‘qituvchi bo‘lib qabul qilingan.

Sohada olingan ilmiy-nazariy qonuniyatlar O‘zbekiston va boshqa qo‘shni Respublikalardagi azaliy buqoq kasali paydo bo‘lishiga sezilarli darajada chek qo‘yish imkonini berdi. Ko‘rsatgan yuksak hizmatlari uchun Yo.X.To‘raqulov o‘z xamkori va maslakdoshi jarrox R.K.Islombekov bilan birgalikda o‘sha davrda ilm-fandagi  kashfiyotlar uchun beriladigan yuksak davlat mukofoti – Lenin mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1965 yil Biokimyo va biofizika kafedrasi katta o‘qituvchisi M.N.Valixanov “Fosfornыy obmen pri prorastanii semyan xlopchatnika” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va kafedra dotsenti sifatida faoliyatini davom ettirdi. 1966 yil Yo.X.To‘raqulov O‘zRFA xaqiqiy a’zosi etib saylandi. 1974 yil T.S.Saatov  tomonidan “Tireoglobulin i drugie yodirovannыe belki щitovidnoy jelezы” mavzusida doktorlik  dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy maslaxatchi akademik Yo.X.Turaqulov. 1975 yil Yo.X.To‘raqulov tomonidan «Tireoidnыe gormonы» («Tireoid garmonlar») deb nomlangan monografiya  nashr qilindi. Bu monografiya nafaqat O‘zbekiston, balki SSSRning barcha respublikalaridagi endokrinologlar va  biokimyogarlarning kundalik kerakli kitoblaridan  biriga aylandi. 1975 yilda bu mumtoz asar ingliz tiliga tarjima qilinib, AQShda chop etildi. 1977 yil M.N.Valixanov ToshDU Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. 1982 yil Sagdullaev I.N.«Izuchenie neorganicheskix polifosfatov i nekotorыx drugix fosfornыx soedineniy xlopchatnika» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbarlar akademik Yo.X.Turaqulov va prof. M.N.Valixanov.

S.N.Dalimova tomonidan “Deystvie tireoidnыx gormonov na adenilatsiklaznuyu sistemu” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbarlar akademik Yo.X.Turaqulov va b.f.d. S.K.Xalikov. 1989 yil Sadikova K.A. “Regulyatsiya transporta ionov v kornevoy sisteme xlpchatnika” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. M.N.Valixanov.

Umarova G.B. “Defosforilirovanie fitina pochvennыmi mikromitsetami” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini O‘zR FA Bioximiya ilmiy-tekshirish instituti ixtisoslashgan kengashida muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. M.N.Valixanov.

2001 yil Biokimyo kafedrasiga biologiya fanlari doktori, professor Surayyo Nugmanovna Dolimova rahbarlik qildi. 2002 yil Umarova M.M. “Izuchenie nekotorыx fermentov fosfornogo obmena v sozrevayuщix semenax xlopchatnika” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar dos.Abdullaeva M.M. 2006 yil Abdullaeva M.M. “Nekotorыe zakonomernosti prevraщeniya fosfolipidov v semyanax xlopchatnika i drugix vыsshix rasteniy v protsessax prorastaniya i sozrevaniya” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy konsultant prof. M.N.Valixanov. 2008 yil Muxammadjonova G.M. “Issledovanie razlichnыx polifenolov na proliferativnыe protsessы i funksionalnoe sostoyanie mitoxondriy pecheni pri xronicheskom gepatite” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. Dalimova S.N. 2009 yil Turaeva D.T. “Izuchenie farmakologicheskix svoystv i mexanizma deystviya gemostatika Lagovina” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. Dalimova S.N.

2012 yildan 2017 yilgachaBiokimyo kafedrasiga biologiya fanlari nomzodi, dotsent Umarova Gulbaxor Bazarbaevna rahbarlik qildi. 2015 yil 25 noyabrda kafedra professori Muxsin Nabixanovich Valixanovning 80-yillik tavvalludiga bag‘ishlangan “Biologiya, ekologiya va tuproqshunoslikning zamonaviy muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. 2016 yil 10-11-noyabrda O‘zR FA akademigi To‘raqulov Yolqin Xolmatovichning 100-yillik tavalludiga bag‘ishlangan “Fizik-kimyoviy biologiya va endokrinologiyaning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy – amaliy anjumani o‘tkazildi.

Yolqin Xolmatovich To‘raqulovni yaratgan ilmiy maktabi hozirgi kunda iqtidorli tadqiqotchi olimlarni o‘z ichiga olgan. Bu olimlar O‘zbekiston biokimyogar olimlariga yetakchilik qilib kelayaptilar hamda o‘z bilim va tajribalarini shogirdlariga uzatib kelmoqdalar.

2021 yildan Biokimyo kafedrasiga PhD Qo‘ziev Sherali Nasrullaevich rahbarlik qilmoqda. 2020 yil Sh.N.Qo‘ziev «Kalamush mitoxondriyalarining funksional holatini yoshga oid o‘zgarishlari va ularga o‘simlik tabiatli preparatlarning ta’siri» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. Dalimova S.N. Qo‘ziev Sherali Nasrulloevichning ilmiy izlanishlari natijasi o‘laroq 35 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan respublikaning nufuzli jurnallarida 15 ta ilmiy maqola chop etilgan, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida 15 dan ortiq tezis va maqolalar chop etilgan.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Biokimyo va molekulyar biologiyaFanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga organizm va hujayrada kechadigan biokimyoviy jarayonlar bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, biokimyoning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, organizm va hujayra darajasida amal qiluvchi biokimyoviy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
2Biologiyani o‘qitish metodikasi  “Biologiyani o‘qitish metodikasi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, biologik xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
3EnzimologiyaOrganizmda kechadigan hayotiy jarayonlarni kimyoviy mushohada qilib zamonaviy fizik-kimyoviy usullar bilan tadqiq qilish uslubiyotini o‘rgatishdan iborat.
4Hujayra ichi jarayonlarining gormonal boshqarilishiFanni o‘qitishdan maqsad – gormonlar tuzilishi va xususiyatlari, tirik tizimlar (mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar va odam) funksiyasini amalga oshishi, faoliyatini boshqarish mexanizmlari, ularni hujayra jarayonlaridagi ahamiyati, tirik organizmda katabolik va anabolik jarayonlarni birligi haqidagi fundamental tushunchalar va zamonaviy ma’lumotlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
5Funksional biokimyoFanni o‘qitishdan maqsad – magistrlarni funksional biokimyoning asoslarini, jumladan qon biokimyosi, qonning metabolizmdagi roli, uning nafas olishdagi vazifalari, muskul biokimyosi, muskul faoliyatining energiya ta’minoti va nerv to‘qimasi biokimyosi, nerv impulslarining hosil bo‘lishi va o‘tkazilishining biokimyoviy asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
6Lipidlar biokimyosi  Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni lipidlar biokimyosining zaruriy ma’lumotlari majmuasi (yog‘ kislotalari, yuqori spirtlar, ularning etirifikatsiyasi natijasida xosil bo‘ladigan yog‘lar, glilipidlar, lipoproteinlar va lipidlarning boshqa murakkab komponentlari) bilan tanishtirishdan iborat.
7Fermentativ katalizFanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga turli murakkablikdagi biotexnologik jarayonlar asosi bo‘lgan fermentlar haqidagi bilimlarni o‘rgatish, asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, tamoyillarini o‘rgatish, hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
8Glikobiologiya asoslariFanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni glikobiologiya asoslarining zaruriy ma’lumotlari majmuasi (glikoproteinlar, glikanlar, immunoglobulinlar va uglevodlarning boshqa murakkab komponentlari) bilan tanishtirishdan iborat.
9Vitaminlar biokimyosiFanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga vitaminlar biokimyosi asoslarini, asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, tamoyillarini o‘rgatish, hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Dalimova Surayyo Nugmanovnabiologiya fanlari doktori, professorRegulyatsiya mitoxondrialnogo i yadernogo deystviya tireoidnыx gormonov sitoplazmaticheskimi (belkovыmi) komponentami
2Abdullaeva Muborak Maxmusovnabiologiya fanlari doktori, professorNekotorыe zakonomernosti prevrasheniya fosfolipidov v semenax xlopchatnika i drugix vыsshix rasteniy v protsesse ix prorastaniya i sozrevaniya
3Umarova Gulbaxor Bazarbaevnabiologiya fanlari nomzodi, dotsentDefosforilirovanie fitina pochvennыmi mikromitsetami
4Muxamadjonova Go‘zal Muxamadjonovnabiologiya fanlari nomzodi, dotsentIssledovanie vliyaniya razlichnыx polifenolov na proliferativnыe protsessы i funksionalnoe sostoyanie mitoxondriy pecheni pri xronicheskom gepatite
5Fomina Marina Aleksandrovnabiologiya fanlari nomzodi, dotsentBiologicheskie effektы lekarstvennoy formы preparata Tortezin iz krovi sredneaziatskoy cherepaxi
6Qo‘ziev Sherali Nasrullaevichbiologiya falsafa fanlari doktoriKalamushlar mitoxondriyalarining yoshga bog‘liq funksional holati o‘zgarishlarini va ularga o‘simlik preparatlarining ta’sirini o‘rganish

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Buyuk Britaniya kollejlar universiteti (UKPDC) qoshidagi Neyrologiya institutining bo‘lim boshlig‘i, professor Abramov Andrey Yurevich bilan 2019 yildan buyon hamkorlik ishlari olib boriladi. Ushbu vaqt mobaynida “Neyrokimyo asoslari” va “Lipidlar biokimyosi” fanlaridan mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Qozog‘iston davlatining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti dotsenti q.f.n., R.E.Aytqulova “Biokimyo va molekulyar biologiya” fani bo‘yicha Biologiya fakulteti 5140100-Biologiya turlari bo‘yicha yo‘nalishi 2 bosqich talabalariga  2021 yil dekabr oyining ma’lum sanalarida ZOOM formatda (onlayn) mashg‘ulotlar olib boradi.


Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1Dalimova Surayyo Nugmanovnas_dalimova@mail.ru
2Abdullaeva Muborak Maxmusovnamuborakabdullayeva1956@gmail.com
3Umarova Gulbaxor Bazarbaevnagulbahor_umarova@mail.ru
4Muxamadjonova Go‘zal Muxamadjonovnamuhammadjonova.guzal@gmail.com
5Fomina Marina Aleksandrovnabespma@yanex.ru
6Qo‘ziev Sherali Nasrullaevichkuziev.sherali@gmail.com
7Xamdamova Nigora Azamjon qizinigora.hamdamova1091@gmail.com
8Hamroev Sobir Husenovichsobirjon.hamroyev@bk.ru

Ilmiy labaratoriyalar (mavjud bo‘lsa)

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, Shimoliy Karolina universiteti (AQSh) professori Aziz Sanjar 2018 yilning 14-22 oktyabr kunlari universitetning Biologiya fakultetiga tashrifi munosabati bilan kafedrada Aziz Sanjar nomidagi “Tarmoqlararo molekulyar”  biologiya o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil qilindi.    


To‘garaklar: “Yosh biokimyogar” to‘garagi “Biokimyo” kafedrasining tarkibiy qismi hisoblanadi. To‘garak tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish maqsadida tuzilgan bo‘lib, universitet talabalarining intelektual, madaniy va ma’naviy rivojlannishida hamda ularning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishni yaxshilash va sifatini oshirishga yordam beradi. Hamda ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan.