Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Bitiruvchi talabalar diqqatiga!

O‘zbekiston Milliy universitetining 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchi talabalari diplom va ilovasining elektron variantini universitetning HEMIS axbrorot tizimi orqali yuklab olishlari va foydalanishlari mumkin.

Buning uchun, bitiruvchi talabalar hstudent.nuu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetiga kirib, “Talaba hujjati” bo‘limidan diplom va ilovaning elektron variantlarini yuklab olishi lozim bo‘ladi.

Agar to‘lov shartnoma asosida tahsil olgan talabalarga diplom va ilovasining (davlat granti asosida tahsil olganlar uchun faqat ilovasi) chop etilgan asli kerak bo‘lsa, u holda ular universitet Registrator ofisining Diplom bo‘limi (rektorat, 6-qavat, 67-68-xonalar)ga murojaat qilishlari mumkin. 

Bunda, diplom va ilovasining chop etilgan asli universitetning HEMIS axborot tizimida shakllangan elektron aylanma varaqasini inobatga olgan holda taqdim etiladi.