Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Boshqaruv psixologiyasi bo'yicha ma'ruzalar

L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (YМU) va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida 2021-yil 1-30 noyabr kunlari ENI “Psixologiya” kafedrasi mudiri, dotsent Mambetalina Aliya Saktaganovna “Boshqaruv psixologiyasi” fanidan O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti “Sport menejmenti” kafedrasida ma’ruzalar kursini o‘tdi. Ushbu kursda O'zbekiston talabalari o'zlarini qiziquvchan va faol tarafdan ko`rsatdilar.
Shuningdek, mazkur shartnoma doirasida 2021-yil 2-dekabrdan O'zbekiston Milliy universiteti Sport menejmenti kafedrasi mudiri dotsent Bakiyev Zafar Abdushukurovich L. N. Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti talabalari uchun "Menejment psixologiyasi" fanidan ma'ruza kursi o'tkazmoqda.

O’zMU Axborot xizmati