Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi

A.A.Matkarimova - Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 71

e-mail: 


Kafedra tarixi va asosiy faoliyati

Botanika va o‘simliklarfiziologiyasi kafedrasi 2005 yilda O‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi va Botanika o‘quv-ilmiy markazining qo‘shilishidan tashkil topgan. Hozirgi kunda unga qishloq xo‘jaligi  fanlari nomzodi Matkarimova Anarjan Abdikarimovna rahbarlik qilib kelmoqda.

1924 yilda tashkil topgan Yuksak o‘simliklar kafedrasi asosida Botanika o‘quv-ilmiy markazi 1995 yilda tashkil qilingan. Yuksak o‘simliklar kafedrasining asoschisi va birinchi rahbari, professor Mixail Grigorevich Popov bo‘lgan. U kafedraga 1924-1926 yillarda mudirlik qilgan. Keyinchalik kafedraga biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zR FA akademigi Yevgeniy Petrovich Korovin (1926-1961), biologiya fanlari doktori, professor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zR FA muxbir a’zosi, Ippolit Ivanovich Granitov (1961-1980), biologiya fanlari nomzodi, professor Hoshim Melievich Axunov (1980-1995), biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi O‘ktam Pratovich Pratov (1995-2005) rahbarlik qilishgan.

O‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi 1920 yilda tashkil topgan. Kafedraning asoschisi va unga ko‘p yillar (1920-1930, 1941-1945) rahbarlik qilgan professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Andrey Vasilevich Blagoveщenskiydir. Blagoveщenskiy Andrey Vasilevich 1921 yilda Turkistonda Botaniklar jamiyatini tashkil qilishda faol ishtirok etgan va unga 1921-1930 va 1941-1945 yillar rahbarlik qilgan. Keyinchalik o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasiga dotsent N.D.Leonov (1945-1948), dotsent P.G.Marsakova (1948-1949), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Nikolay Antonovich Todorov (1949-1973), biologiya fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi Akmaljon Qosimovich Qosimov (1973-1976), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Yuldosh Ahmedovich Ahmedov (1976-1988), biologiya fanlari doktori, professor Karimjon Safarovich Safarov (1988-1997), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Damir Komilovich Asomov (1998-2005) rahbarlik qilganlar.

liklarfiziologiyasi kafedrasiga biologiya fanlari doktori,professorBeknazarov Begali Ochilovich (2005-2011), biologiya fanlari doktori,professor Yuldashev Akramjan Sultonmuratovich (2011-2014), qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi Matkarimova Anarjan Abdukarimovna (2014-2016) rahbarlik qilganlar.

Botanika ilmiy maktabi

Popov Mixail Grigorevich (1893-1955). Yirik florist, sistematik, geobotanik, floragenetik, Yevroosiyo o‘simliklar dunyosi tarixi nazariyotchisi. Ukraina Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi.

160 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi. Shulardan 10 tasi monografiya. “Buxoro past tog‘laridagi olajinslar qatlamlarining florasi” (Toshkent, 1923), “Markaziy Osiyo florasi rivojlanishining asosiy xususiyatlari” (Toshkent, 1927), “Yopiq urug‘li o‘simliklarning tizimi”, “Floragenetik asosi” (Moskva, Leningrad, 1963) kabi asarlar uning qalamiga mansub. Olimning asarlari botanik-geografiya, floragenetika, flora, sistematika va Yevrosiyo o‘simliklar dunyosining kelib chiqishiga bag‘ishlangan. Bulardan tashqari alohida tumanlarning florasi, yovvoyi va madaniy turlarning kelib chiqishiga oid juda ko‘p asarlar chop etgan.

M.G.Popov botanika fanining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan yirik klassik olim. U fanga noma’lum yuzlab turlar va o‘nlab turkumlarni kiritgan. Eng murakkab va yirik oilalarni dunyo miqyosida o‘rgangan. Jahon botaniklari tan olgan siymoning yozib qoldirgan asarlari asrlar osha o‘z qiymatini saqlab qolmoqda. 

Korovin Yevgeniy Petrovich (1891-1963) geobotanik, ekolog, sistematik, florist, florogenetik, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zRFA ning akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

Ye.P.Korovin 215 ta ilmiy-nazariy va amaliy asarlar yaratgan. Bular orasida “Skaligeriya turkumi va uning filogeniyasi” (Toshkent, 1928), “Markaziy Osiyo va Qozog‘iston cho‘llarining ekologik tiplari” (Toshkent, 1934), “O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘iston o‘simliklar qoplami” (Toshkent, 1934), “O‘zbekistonning geobotanik xaritasi” (Toshkent, 1949), “O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istonning o‘simliklar qoplami” (Moskva, 1961, 1962) yirik monografiyalari bor.

Atoqli olim Ye.P.Korovinning ilmiy asarlari asosan ekologiya, geografiya, flora, o‘simliklar qoplamini o‘rganishga hamda floragenetika masalalarini yoritishga qaratilgan. Turlarning shakllanishida tashqi muhitning muhim ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan va uning nazariy tomonlarini ishlab chiqqan. Akademik Ye.P.Korovin Markaziy Osiyo florasini o‘rganishga, sistemaga solishda juda katta hissa qo‘shgan. U juda murakkab va yirik oila hamda turkumlarni o‘rgangan, fan uchun noma’lum bo‘lgan ko‘plab turkum va turlarni kashf etgan. Faqat ferula turkumining o‘zidan 66 ta yangi turni fanga olib kirgan. Markaziy Osiyo florasi genezisi jihatidan shimoliy va janubiy floralarga bo‘linishini asoslab bergan. Markaziy Osiyoning o‘simliklar qoplamini rayonlashtirishga va ularning tipologiyasini (klassifikatsiyasini) ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan. Cho‘l va o‘tloqlardan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishga, ulardagi foydali xom-ashyobop va begona o‘tlarni aniqlashga hamda o‘simliklarni iqlimlashtirish masalasiga jiddiy e’tibor bergan. Ye.P.Korovin pedagog, murabbiy sifatida yosh talabalarni tarbiyalashda, fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlashda o‘z mehnatini ayamagan. Ye.P.Korovin yaratgan maktab yillar osha o‘zining fan va xalq xo‘jaligi bilan uyg‘unlashib ketganligini namoyish qilmoqda.

Granitov Ippolit Ivanovich (1900-1981) geobotanik, o‘tloqshunos, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zRFAsining muxbir a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

1944-1945 yillarda Ye.P.Korovin bilan birgalikda Ustyurtga kompleks ekspeditsiya uyushtirgan. 1954-1955 yillarda Qashqadaryoga uyushtirilgan kompleks ekspeditsiyaning geobotanika guruhiga boshchilik qilgan. 160 dan ziyod ilmiy va ilmiy ommabop asarlar yaratgan. I.I.Granitovning “O‘simliklar qoplami” (Toshkent, 1949), “Janubiy-G‘arbiy Qizilqumning o‘simliklar qoplami xaritasi” (Toshkent, 1950),  “Janubiy-G‘arbiy Qizilqumning o‘simliklar qoplami” nomli 2 jildli kitobi (Toshkent, 1964, 1967) muhim ahamiyatga ega. Ilmiy izlanishlari Qizilqumning flora va o‘simliklar qoplamini, O‘zbekistonning cho‘l o‘tloqlarini o‘rganishga qaratilgan. I.I.Granitov Janubiy-G‘arbiy Qizilqum o‘tloqlarining hosildorligini oshirishga juda katta hissa qo‘shgan.

Pratov O‘ktam Pratovich (1934-2017) sistematik, florist, botanik-geograf, biologiya fanlari doktori, professor.

1967 yili “Farg‘ona vodiysining sho‘ralari va ularning o‘simliklar qoplamidagi roli” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 1984-1985 yillarda Sankt-Peterburgda doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib borgan va “Rod Klimokoptera” nomli monografiyasini yozib tugatgan. 1987 yili “Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrika sho‘ralari (sistematika, geografiyasi va filogeniyasi)” mavzusida V.L.Komarov nomidagi Botanika institutida (Leningrad) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘.Pratov 20 dan ziyod yangi tur, 13 seksiya, 20 kenja seksiya  va bitta yangi kenja triba (9 turkumni o‘z ichiga oluvchi) kashf etdi. Sakkizta turkumni butun areali bo‘yicha o‘rganib, Markaziy Osiyo cho‘l o‘simliklarining genezisi, tarqalishi va filogeniyasiga oid qator nazariy fikrlarni o‘rtaga tashladi. Olim 6 monografiya va 100 ga yaqin ilmiy asarlar muallifi, ularning tarkibiga 10 dan ortiq risola, darslik va qo‘llanmalar kiradi. U “Oprediletel rasteniy Sredniy Azii” nomli 10 jildli monografiyaning faol tuzuvchilaridan biri. O‘zbekiston qomusi (I-XII t.t.), “Qiziqarli botanika” va boshqa ilmiy ommabop asarlarni yozishda faol qatnashgan. 1962 yilda “Ruscha-o‘zbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lug‘ati”ni, 1993 yilda “Botanika atamalarining ruscha-o‘zbekcha qisqacha lug‘ati”ni chop etgan. 1994-95 yillari “O‘zbekiston o‘simliklari aniqlagichi” va 6-7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Botanika” darsligini nashr etgan. Kamyob va yo‘qolib borayotgan 300 dan ziyod o‘simlik turlarini o‘z ichiga oluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi” ning qayta ishlangan va to‘ldirilgan ikkinchi nashri o‘zbek va rus tillarida uning bevosita ishtiroki va rahbarligida tayyorlandi.

Yuldashev Akramjan Sultonmuratovich - geobotanik, fitotsenolog va resursshunos, biologiya fanlari doktori, professor. 150 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 ta darslik, 2 ta monografiya va 12 tadan ortiq o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi OAK ekspert kengashi a’zosi sifatida biologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va baholash, zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish borasida ish olib borgan. Davlat ilmiy va texnik dasturlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha respublikada geobotanika, fitotsenologiya va resursshunoslikka doir tadqiqotlarni takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda. Uning rahbarligi ostida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Biologiya fanlari nomzodi Maxkamov Turobjon Xusanboevich “Ruderalnaya flora i rastitelnost Ferganskogo dolinы” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Uning rahbarligi ostida O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklarning noyob va yo‘qolib borayotgan turlari va O‘zR FA Botanika instituti Markaziy gerbariysi bo‘yicha multimediya mahsuloti tayyorlangan.

Yuldashev Akramjan Sultonmuratovich tomonidan respublikaning tabiiy landshaftlariga oid bir qancha atlaslar va ilmiy-ommabop kitoblar chop qilingan. 2015 yildan professor Yuldashev Akramjan Sultonmuratovich  Andijon Davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.


O‘simliklar fiziologiyasi ilmiy maktabi

Qosimov Akmal Qosimovich (1937-2004) fiziolog, bioximik.

1977 yilda O‘zR FA Biokimyo instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashida “Membranalarning transport funksiyasini radiatsiya ta’sirida jarohatlanishining biokimyoviy asoslari” mavzusida biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiyani muvaffaqiyat bilan yoqlagan.

1979 yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 1976 yilda Andijon Davlat pedagogika institutiga rektor qilib tayinlangan. 1984 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi, 2000 yilda akademigi va 1997 yilda “Fan, ta’lim, sa’nat va sanoat” xalqaro Akademiyasining akademikligiga saylangan. O‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlashga rahbarlik qilgan. Akmal Qosimov rahbarligida Biologik faol moddalar laboratoriyasi tashkil etilgan.

Safarov Karimjon Safarovich - fiziolog,biologiya fanlari doktori, professor.

1977 yilda “O‘simlik hujayrasi energetik tizimlariga gamma-radiatsiyaning ta’siri» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1994 yilda “O‘simliklar mitoxondriyalari va xloroplastlari energetik funksiyalarining muhit ekstremal omillari ta’siridagi holati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning 320 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari chop qilingan. Shu jumladan, 6 monografiya, 8 o‘quv qo‘llanmasi, 4 tavsiya, 2 ixtiro patentiga ega. Fan va ta’lim sohasidagi xizmatlari tufayli 1995 yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning rahbarligida 11 ta fan nomzodi va 1 ta fan doktori tayyorlangan, ilm-fanni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun 2000 yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.     

Beknazarov Begali Ochilovich (1951-2012) fiziolog, biologiya fanlari doktori,professor. Uning 135 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari chop qilingan. Shu jumladan, 1 darslik, 3 o‘quv qo‘llanmasi, 78 ilmiy maqola. tavsiya, 2 ixtiro patentiga ega. 2009 yil “O‘simliklar fiziologiyasi” darsligi muallifi. 4 ta  fan nomzodi ilmiy rahbari. 2005 yilda qayta tashkil etilgan. “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasining mudiri vazifasidagi ish jarayoni mobaynida 2012 yilgacha o‘zini yaxshi tashkilotchi sifatida ko‘rsatib kelgan. Kafedradagi fanlar yo‘nalishlarini rivojlantirishga katta e’tibor berib kelgan. Uning tashabbusi bilan 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi” va “Botanika” IIChM qoshida “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasining filiallarini tashkil etgan.

Botanika va o‘simliklarfiziologiyasi kafedrasiga biologiya fanlari doktori,professorBeknazarov Begali Ochilovich (2005-2011), biologiya fanlari doktori,professor Yuldashev Akramjan Sultonmuratovich (2011-2014), qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi Matkarimova Anarjan Abdukarimovna (2014-2016), Maxkamov Turobjon Xusanboevich (2017-2018) rahbarlik qilganlar.

Kafedrada 5140100, 60510100-Biologiya yo‘nalishi, bo‘yicha bakalavr. 5A140101- 70510100- Biologiya, mutaxassisliklaria magistrlar talabalari tahsil oladilar.

Kafedra shtat birligi - 9,75 ta

Kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibi:
A.A. Matkarimova q/x.f.n., dos. kafedra mudiri 1 st.;
K.S. Safarovb.f.d., prof.. 1 st;
Q.S. Davronov b.f.d., prof. 1 st;
A.K. Safarov b.f.n., dos. 1 st;
M.M. Maxmudova b.f.n., dos. 1 st;
Sh.A. TursunovaPhD dos v.b.1 st;
X.Ya. Azizov, 1 st katta o‘qit.;
D.I. Sotiboldieva 0,25. st.;
M.V. Mamadalieva o‘qit. 1 st;
Ye.A. Zeybert o‘qit. 1 st;

O‘rindosh :
T. Raximova prof. 0,25 st
T.X. Maxkamov dotsent 0,25 st.

Kafedra yordamchi xodimlari: . Kabinet mudiri R.M. Shausmanova 1 st.

Tayanch doktorantura doktorantlari: G. Turaboeva, D. Salieva, G. Karamatova,  G. Vaisova, Sh. Fozilov; stajyot tadqiqotchi: G. Ergasheva

Z. Ibragimova, X. Turdialieva mustaqil tadqiqochi sifatida faoliyat olib boradilar.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

FanFan haqida qisqacha ma’lumot
Bakalavr
1BotanikaO‘simliklarning anatomik va morfologik tuzilishi, o‘simliklarning dunyo bo‘yicha tarqalishi, taksonomiyasi, hayotiy shakllari, kelib chiqishi, taksonomik birliklar, toksonlarga bo‘linish qonuniyatlarini o‘rganish prokariot va eukariot organizmlar va evolyusion rivojlanish natijasida kelib chiqqan tuban o‘simlik guruhlari bilan tanishtirish (suvo‘tlar, zamburug‘lar va lishayniklar), sistematik tasnifi o‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati sistematik tasnifi haqida ta’lim berish, ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
2Botanika, o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosiO‘simliklarning anatomik va morfologik tuzilishi, o‘simliklar sistematikasi (tuban va yuksak o‘simliklar), o‘simlik jamoalarining shakllanishi, fitotsenozdagi jarayonlar, o‘simlik hujayrasi fiziologiyasi va biokimyosi, o‘simliklarda suv almashinuvi, o‘simliklarning mineral oziqlanishi; fotosintez fiziologiyasi, nafas olish jarayoni; o‘simliklarda moddalarning tashiluvi va moddalar ajralishi; o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi; o‘simliklarning harakatlari; o‘simliklar chidamliligi haqida, o‘simlik oqsillari va fermentlarining tuzilishi, funksiyasi, o‘simlik tarkibida uchraydigan uglevodlar, lipidlar, vitaminlarning biologik xususiyatlari bo‘yicha bilim berishidir.  
3O‘simliklar fiziologiyasiO‘simliklar hayot faoliyatining umumiy qonuniyatlari, yashil o‘simliklardagi asosiy fiziologik jarayonlarning tabiati, fiziologik jarayonlarni boshqarish, o‘simlik hujayrasi fiziologiyasi, o‘simliklarda suv almashinuvi, mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati fotosintez fiziologiyasi, nafas olish jarayoni, uning moddalar almashinuvidagi o‘rni va kimyosi, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, o‘simliklarning harakatlari, o‘simliklar chidamliligi haqida ilmiy bilimlar berishdan iboratdir.
4O‘simliklarning fiziologik faol moddalariO‘simliklarda fiziologik jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarning o‘rni. Fenolli birikmalar, fenolli birikmalarning xilma-xilligi, glikozidlar va ularning tabiati, fitogormonlar fiziologik faol moddalar ekanligi, alkaloidlarning xossalari, moddalar almashinuvidagi o‘rni va ishlatilishi, fitonsid va fitoaleksinlar, o‘simliklar tarkibidagi efir moylari, oshlovchi moddalar, lipidlar, kumarinlarga, saponinlarga xos sifat reaksiyalarni kuzata olish, flavonoidlarga, xos sifat reaksiyalarini xromatografiya qog‘ozi yordamida karotinni ajratib olish, amigdalin glikozidiga xos reaksiyalarni o‘tkazish, ildizning o‘sishiga getroauksining ta’sirini aniqlay olish, o‘simliklarning o‘sishiga gibberillinning ta’siri haqida bilimlarga zga bo‘lishdan iborat.
5Dorivor o‘simliklar introduksiyasiDorivor o‘simliklar introduksiyasi fani bo‘yicha Respublikamiz sharoitida introduksiya qilinayotgan dorivor, oziq-ovqat, yem-xashak, manzarali hisoblanadigan istiqbolli noan’anaviy o‘simlik turlari haqida tushuncha berish, hozirgi zamon botanika fanining talablariga muvofiq introduksiya tarixi, muammolari, istiqbollari, iqlimshashtirilayotgan o‘simlik turlari, ularning bioekologik xususiyatlari, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida ta’lim berishdan iboratdir.  
6Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasiDorivor o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishining tabiiy omillar ta’sirida kechishi va uning natijasida yuzaga keladigan hayotiy formalarini va qonuniyatlarini, tabiiy va madaniy dorivor o‘simliklarning bioekologik xususiyatlarini, dorivor o‘simlik urug‘larining biologiyasini, dorivor o‘simliklarni urug‘larining unib chiqish xususiyatlarini, dorivor o‘simliklarning oilalari, turkumlari, turlari, shakllarini, dorivor o‘simliklarni geobotanik rayonlashtirishni,dorivor o‘simliklarni ekologik jihatdan joylashtirishni, dorivor o‘simliklar biologiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlarini, dorivor o‘simliklarning botanik, ekologik, hayotiy shakllari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bo‘yicha guruhlanishini, dorivor o‘simliklarning tashqi omillarga bog‘liq munosabatini, dorivor o‘simliklarning mavsumiy rivojlanish fazalarini o‘rganish.
7Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasiO‘simliklar florasining chegaralanish tamoillari va sistematik tarkibi, floraning geografik va genetik elementlari, o‘simliklar qoplamining tarixiy o‘zgarishi, floristik rayonlashtirish birliklari (floristik dunyo, floristik voxa, provinsiyalar), birlik
ajratish tamoillari, o‘simliklar sistematikasining davriyligi, uning hozirga zamon evolyusion nazariyasi bilan uzviy aloqadorligini
8Meva va sabzavotchilik 
9Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini tayyorlash, saqlash va dastlabki qaytaDorivor usimlik xom-ashyolarini tayyorlash, saklash va dastlabki kayta ishlash” talabalarga dorivor usimlik xom ashyo organlari, xom ashyo turlari, ularni tayyorlash va kuritish usullari, dastlabki kayta ishlish va saklash usullari xakida bilimlar berish
 Dorivor o‘simliklardan fitobarlarda foydalanishDorivor o‘simliklardan fitobarlarda foydalanish usullari, fitobarlarda ishlatiladigan dorivor o‘simliklarning biologik xususiyatlari, qo‘llash usullari, fitobarlarni tashkil qilish yo‘llari va o‘simliklardan foydalanish usullarini o‘rgatishdan iborat
Magistratura
11Ilmiy tadqiqot metodologiyasiTalabalarning ilmiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirish, ilmiy tadqiqot dasturini tuzishda nazariya va amaliyot birligiga rioya qilishni o‘rgatishdan iborat.
12O‘simliklar introduksiyasiRespublikamiz sharoitida introduksiya qilinayotgan dorivor, oziq-ovqat, yem-xashak, manzarali hisoblanadigan istiqbolli noan’anaviy o‘simlik turlari haqida tushuncha berish, hozirgi zamon botanika fanining talablariga muvofiq introduksiya tarixi, muammolari, istiqbollari, iqlimshashtirilayotgan o‘simlik turlari, ularning bioekologik xususiyatlari, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida ta’lim berishdan iborat.
13O‘simlik hujayra fiziologiyasiO‘simlik hujayra fiziologiyasi tiriklikning eng kichik strukturaviy va funksional birligi hisoblangan hujayraning tuzilishi, faoliyati, ixtisoslashi va ko‘payishining xususiyatlarini tanishtirishdan iboratdir.
14FitotsenologiyaFitotsenologiyaning asosiy yo‘nalishlari: tabiiy fitotsenoz va sun’iy fitotsenoz. Fitotsenologiyaning tadqiqot metodlari. O‘simlik jamoalari (fitotsenozlar), ularda borayotgan ichki jarayonlar, yaruslilik, suksessiya, sinuziya, fitotsenozlarning shakllanishi va almashinuvi, fitotsenozlardagi bio-xilmaxillikning hozirgi holati haqida tushunchalarini berishdir.
15O‘simliklarning suv almashinuviO‘simliklarning suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanish mexanizmlarini tushunish, suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati, guttatsiya, transpiratsiyaning miqdoriy ko‘rsatkichlari, shuningdek, tashqi muhit omillarining o‘simliklar suv almashinuviga tasirini o‘rganish qouniyatlarini o‘rganishdan iborat.
16Mineral oziqlanish fiziologiyasio‘simliklarning mineral oziqlanish mexanizmlarini tushunish, makro va mikroelemetnlarning hujayra metabolizmidagi roli, shuningdek, tashqi muhit omillarining o‘simliklar mineral oziqlanishi va hosildorligiga tasirini o‘rganish qouniyatlari, o‘simlik organizmidagi mineral elementlarning har birini o‘ziga xosligi, mineral elementlarni uzoq va yaqin masofadagi qanday ko‘rinishda tashiluvi mineral elementlar miqdorini boshqarish usullari, mineral moddalarning o‘simlik hayotidagi ahamiyatini o‘rgatishdan iborat.
17O‘simliklarning o‘sish va rivojlanish fiziologiyasiO‘simliklarning o‘sishi va rivojlanish fiziologiyasi bo‘yicha umumiy tushunchalar, embriogenez, ontogenez etaplari va bosqichlari, o‘simliklarning ko‘payish usullari, urug‘larni laboratoriya va dala sharoitlarida ekib, ularning unishini kuzatib borish, qishloq ho‘jalik ekinlarini o‘sishi va rivaojlanishi va ekologik muammolarni yechishdagi o‘rnini o‘rganish.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchilarIlmiy darajasi, unvoniDissertatsiya ishi mavzusi  
1  Matkarimova Anarjan Abdikarimovnaq/x.f.n., dos. kafedra mudiriXorazm vohasi o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida qand lavlagi navlarining mahsuldorligi
2  Safarov Karimdjan SafarovichB.f.d., professorNomzodlik – Gamma – radiatsiyaning o‘simliklar energetik tizimlariga ta’siri (1977); Doktorlik – O‘simliklar mitoxondriya va xloroplastlari energetik funksiyalarining ekstremal omillar ta’siridagi holati (1994 y.)
3  Davronov Qodirjon SotiboldievichB.f.d., professor 
4  Safarov Alisher KarimdjanovchB.f.n., dotsentNomzodlik – Amarant ikki turining o‘sishi, rivojlanishi va kimyoviy tarkibining xususiyatlari (1994); B.f.d. (DSc) – O‘zbekistonda yangi istiqbolli o‘simliklar introduksiyasining fiziologik va biokimyoviy asoslari (2021 y.)
5  Maxmudova Mamlakat MirganievnaB.f.n., dotsentO‘zbekiston g‘ozpanjalari
6  Tursunova Shoxista AbdupataxovnaB.f.b.f.doktori (PhD)B.f.b.f.doktori (PhD) – Donali amarant turlarining introduksiya sharoitlaridagi biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari (2019)
7  Azizov Xamid Yarashevich  

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

K.S. Safarov rahbarligida dunyo genofondidagi hosildorligi va to‘yimligi jihatidan an’anaviy o‘simliklardan qolishmaydigan yangi o‘simliklarni o‘rganish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Turli mamlakatlardan keltirilgan yangi istiqbolli o‘simliklarni sinash, ko‘niktirish va mahalliy sharoitlarga chidamli navlarni tanlash maqsadida respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda.


Kafedra tarkibi

F.I.Sh.Elektron pochta
1Matkarimova Anarjan Abdikarimovnaanoramatkarimova@mail.ru
2Safarov Karimdjan Safarovichksafarov@mail.ru
3Davronov Qodirjon Sotiboldievichkodirjondavranov@mail.com
4Safarov Alisher Karimdjanovchskalisher@gmail.com
5Maxmudova Mamlakat Mirganievnamamkakat.mir@bk.ru
6Tursunova Shoxista Abdupataxovnash.tursunova@bk.ru.
7Azizov Xamid Yarashevichazizovkhamid@gamail.com
8 Sotiboldieva Dilnoza Ilxomjon qizidilnozabiolog@mail.ru
9Mamadalieva Madina Vaxabjan qiziMadinabonu2410@gmail.com
10Zeybert Yekaterina Andrevnazeybertk@gmail.com

To‘garaklar

“Yashil olam” to‘garagi faoliyati

Kafedrada bajarilayotgan xo‘jalik shartnomasi – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2016 yil 26 fevraldagi 11-58-f-sonli “Qishlok xo‘jaligi va sanoat korxonalari oqova suvlarini biologik tozalash jarayonini yuksak suv o‘simliklari yordamida jadallashtirish” mavzusidagi 1/2019 hamda 2/2020 xo‘jalik shartnomalari bo‘ycha ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga “Funksional sutli mahsulot olish usuli” mavzusida foydali model bo‘yicha № FAP 2019 0022 hamda “Karolin azollani o‘stirish uchun ozuqa muhiti” mavzusida foydali model bo‘yicha № FAP 2020 0096 patentlari qo‘lga kiritildi.

IOT-2017-5-15 “Ekma zafaron (Crocus sativus L.) va kuzgi savrinjon (Solchicum autumnale L.) o‘simliklarini tajriba plantatsiyalarini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasi, BMF-F5-003 «Vliyanie elektrotexnologii  na povыshenie produktivnosti i tolerantnosti  osnovnыx selskoxozyaystvennыx kultur» fundamental loyihasi doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.