Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti va D. Serikbaev nomidagi Sharqiy Qozog‘iston texnik universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Ma’lumki, mazkur universitet bilan 25 noyabr kuni hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

🔴  Uchrashuvda xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, Fizika, Biologiya va ekologiya, Iqtisodiyot, Amaliy matematika fakultetlari dekanlari hamda hamkor universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Arayly Sarsembayeva, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt maktabi, Arxitektura, qurilish va energetika maktabi, Biznes maktabi, Xalqaro muhandislik maktabi dekanlari, ilmiy-tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash ofis boshliqlari ishtirok etishdi.

🔴  Uchrashuvda geodeziya, geologiya, fizika va ularga yaqin yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy seminarlar tashkil etish, akademik mobillik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi imkoniyatlari, qo‘shma ilmiy nashrlar sonini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

🔴  Uchrashuv yakunida tomonlar fakultetlar miqyosida qo‘shimcha onlayn uchrashuvlar tashkil etish, professor-o‘qituvchilarni o‘zaro tanishtirish va ilmiy aloqalarni kengaytirishga kelishib oldilar. Shuningdek, ORHUN granti doirasida talabalar va o‘qituvchilarning akademik mobilligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma loyihalar topshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.